Get Mystery Box with random crypto!

QATOR UNDOSHLI SO’ZLAR Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil und | ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK

QATOR UNDOSHLI SO’ZLAR

Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir.
M: Go‘sht, musht, do‘st, sust, barg, daraxt.
O‘zbekcha so‘zlarning fonetik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, so‘zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so‘zning oxirida ham st (ost, ust), lt (yilt, milt), rt (to‘rt, turt, qurt ) kabi qo‘sh undoshlardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi. M: stakan – ISTAKAN, stol – ISTOL.
Go‘sht(go’sh), do’st(do’s), barg(bar) kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi.

Paxta, nimcha, o'simlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. Sodda qilib aytganda, qator undosh bir bog’in tarkibida(bir bo’g’inli so’z deyilmadi) kelgandagina qator undoshli so’z hisoblanar ekan. M: yurt, turt, kongress,ingliz,kotangens.

Agar ikki xil undosh yonma-yon kelsa-yu, boshqa –boshqa bo’ginga ajrab qolsa, u holatda qator undosh mavjud emas deb olishingiz lozim.
M: PAXTA - PAX-TA,
O’SIMLIK - O’-SIM-LIK ,

So’zning asosida qator undosh bo’lsa-yu, unga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir bo’g’indan boshqa bo’g’inga ajrab qolsa ham, u qator undoshli so’z bo’lib qolaveradi.
M: DO’ST – DO’S-TI, BARG- BAR-GI.

Qator undoshlarni aniqlashda so’z tarkibidagi qo’shimchalarini olib tashlab tahil qilish lozim.

Eslatma: O’zbek tilidagi bir tovushni ifodaluvchi harf birikmalari(ch,sh,ng) qator undosh hisoblanmaydi.
M: yanga,ko’ngil(ot) , yangi,singil.
So‘z oxirida qo‘sh undosh kelgan go‘sht, musht (sht), daraxt, baxt (xt), barg (rg) kabi so‘zlar esa, asosan, fors-tojik tilidan o‘tgan.
https://t.me/JOINCHAT_ona_tili_adabiyot