Get Mystery Box with random crypto!

#adabiyot 'Farg'ona tong otguncha' roman - dilogiyasi mualli | ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK

#adabiyot

"Farg'ona tong otguncha" roman - dilogiyasi muallifi kim?
M. Ismoiliy

O'lmas Umarbekovning suhet to'qimasining murakkabligi, voqealar ta'sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan e'tiborni tortuvchi asari qaysi?
"Yoz yomg'irim" qissasi

"Bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi" degan gap qaysi asarda uchraydi?
"Qissasi Rabg'uziy"

To'ra Sulaymonning ilk kitobi qaysi?
"Istar ko'ngil"

"Bahoriston" asari muallifi kim?
Abdurahmon Jomiy

"Bir lahza qo'lidan qo'yganmi o'zbek,
O'zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni." Ushbu misralar muallifi kim?
Abdulla Oripov

"Oq kema" asarida yuvosh, baquvvat , ammo yalqov, uyquni yaxshi ko'radigan obraz qaysi?
Seydahmad

Anvar o'zining eng yaqin do'sti bo'lgan Nasim qaysi kasal bilan vafot etadi va Anvar do'stiga bag'ishlab nima yozadi?
Chechak kasali bilan vafot etadi;
Marsiya yozadi ;

"Dunyoning ishlari" asarining qaysi bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to'lab bo'lmas qarz ekanligi nihoyatda ta'sirchan ifodalanadi?
"Iltijo"

Bolalarda ilk axloqiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ellikdan ortiq nasriy va she'riy hikoyalar o'rin olgan kitob qaysi?
A. Avloniyning "Ikkinchi muallim" kitobi

"Shum bola" qissasida har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi obraz qaysi?
Eshon

"Navoiyni mahliyo qilgan donishmand" kim?
Atoyi

"Muqimiy bayozi" deb nomlangan to'plam qaysi ijodkor tomonidan tuzilgan?
G'afur G'ulom

Dunyoni "ko'hna bog'" ga o'xshatgan adib kim?
Sirojiddin Sayyid

Navoiyning nasr va nazm aralash holda yozilgan asari qaysi?
"Mahbub ul-qulub"
https://t.me/JOINCHAT_ona_tili_adabiyot