Get Mystery Box with random crypto!

​ Kun kishisida - To‘g‘ay Murod U janubiy viloyatlarimizdan | ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK

​ Kun kishisida - To‘g‘ay Murod

U janubiy viloyatlarimizdan bo‘lmish Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida 1948-yilda tug‘ildi.

Qishloqdagi o‘rta maktabda o‘n yil o‘qigach, 1966–1972-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida ta’lim oldi .

Tog‘ay Murod talabalik paytidayoq o‘nlab hikoyalar yozgan bo‘lsa-da, ularni e’lon qilishga shoshilmas, o‘zidan, bilimlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U iloji boricha ko‘proq o‘qish, bu orqali faqat o‘zimizning ijodkorlarnigina emas, balki dunyoning
eng zo‘r adiblari tajribalarini ham o‘zlashtirishni istardi.

U tirikchilikka yetarli maosh beradigan qanday ish taklif qilinsa, o‘sha yerga borib ishlardi. Masalan, 1972–1976-yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar»
(xorijiy ellarga mo‘ljallangan) tahririyatida xizmat qilgan bo‘lsa, undan keyin «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida, 1982-yildan 1985-yilgacha esa «Fan va turmush» jurnalida xizmat qildi .

Tog‘ay Murod o‘zining ijodiy rejalariga birovlarning aralashishini, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlarni hecham yoqtirmas, shovqin-suronli davralardan o‘zini olib qochar edi.

1985–1987-yillar ichida Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida ham tahsil olib qaytdi.

Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asar 1976-yilda dunyoga keldi.
Bu «Yulduzlar mangu yonadi» nomli qissa edi .Mazkur asarda yozuvchining qon-qoniga singib ketgan, ming
yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy
qadriyat – kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomalamunosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olindi.

Yozuvchining keyingi asari – «Ot kishnagan oqshom» qissasi
(1979-yil) «Yoshlik» jurnalida chop qilinishi bilan butun xalqimiz orasida juda tez dovruq qozondi. Chunki bu asarda o‘sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatiladigan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo‘lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi .

Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Uning so‘ngida odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko‘rgan qissa
qahramoni Ziyodulla chavandoz o‘zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi.

oradan bir yil o‘tar-o‘tmas yana bir ajoyib asarini – «Oydinda yurgan odamlar» qissasini e’lon qildi. Bu qissaning qahramonlari – Qoplonbek va Oymomo ham atrofdagilarga faqat yaxshilik tilaydigan, umrini ezgulikka baxshida etgan oliyjanob qalb egalaridir.

1993-yilda «Otamdan qolgan dalalar» nomli yirik romanni yozib tugatadi. Bu roman o‘zbek xalqining chor Rossiyasi va sho‘ro bosqini ostida o‘tgan hayotini – yuz yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan .

«Otamdan qolgan dalalar» romani uchun Tog‘ay Murod Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Aynan shu roman e’lon qilingach, adibga O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan. Bu asar asosida taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni suratga olgan.

Seton Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini zo‘r muvaffaqiyat bilan
ona tilimizga o‘girgan.
https://t.me/JOINCHAT_ona_tili_adabiyot