Get Mystery Box with random crypto!

Men ko‘zlarimni sekin ochib, g‘alati hid anqib turgan, yoqimsi | JODUGAR HiKoYaLaRi

Men ko‘zlarimni sekin ochib, g‘alati hid anqib turgan, yoqimsiz zulmat qoplangan yerda ko‘zlarimni ochibman. Muzdek yer liboslarim ustidan ham o‘tib ketayotgan edi. Meni ko‘zim qorong‘ulikka o'rganishi uchun biroz vaqt ketdi. Qadam tovushlari kelib, meni yonimda sharpa sezildi. Sochlarimga tashqi ta‘sir tegishi bilan o‘rnimdan otilib turdim.
- Men nega bu yerdaman?-deb Abramga bor ovozda baqirdim. Ovozim aks sado berib yubordi. Huddi g‘orlardagidek allaqaysi tomonidan tomchilar sekin asta tuk-tuklab asabimni sinayotgan edi. Hushimdan ketishimdan avval bo‘lgan voqealarni eslab, yuragim og‘rib ketdi. Atrofga alanglab, Sardorni izlashni boshladim.- Sardor... Sardor qani?
- Bizlarsiz dunyo kirlanib ketdi, Safira... Kirlanib bo‘lgan... Biz dunyoga kerakmiz. Bir yerda hammamizni bandi qilib turishga hech kimni haqqi yo‘q edi.- Abram bor ovozda baqirdi.
- Bas qil...! Sardor qayerda deb so‘radim.- Men yig‘i aralash arang gapirdim. Abram qo‘limdan qattiq ushlab, sudrashni boshladi. Uni kuchliligidan bas kela olmay, o‘zim unga ergashdim. Hayolim esa cho‘ntagimda oqib yotgan ziddizaharni o‘tkir hidi va singan idishi edi. Abram bilan zinaga yetib bordik. Juda g‘alati... G‘orda zina bo‘lishi juda g‘alati edi. Tepaga chiqqach o‘ng eshikka kirdik. Endi juda ham g‘alati oylik va yorug‘lik bor edi. Qorong‘ulikdan chiqqanim sabab ko‘zlarim qamashib ketdi. Ustiga ustak xona haddan ortiq sovuq edi. Biroz avvalgi yerdan ham ancha sovuqligini tishlarim taqqilab qolganidan anglasa bo‘lardi. Kaftim bilan ko‘zlarimni yumib, sekin atrofga ko‘z tashladim. Ko‘zim xona o‘rtasida yotgan Sardorga tushgach dahshatdan qotib qoldim. Oyoqlarim jonsizlashib, yerga yiqilib tushdim. Abram mendan uzoqlashib, Sardorni yoniga bordi va menga hissiz nigohlari bilan qaradi.
- Mana seni ukang... qadrli ukajoning mana shu muzxonada yotibdi.
- QOTIL...- bor ovozda o‘kirib yubordim. Ichimdagi dardlar meni ich-ichimdan tamom qildi. Ko‘zlarimdan yosh emas qon oqayotgandi. Yoshlarim yuzimdan oqib, oppoq marmarlarga tomgach haqiqatdan ham qizil ekanini ko‘rdim. Ular qizil edi... Qonli tomchilar edi...