Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_Atirgul 42 qism - Mana bu zahar... Men bir yo‘lini qi | JODUGAR HiKoYaLaRi

#Qonli_Atirgul
42 qism

- Mana bu zahar... Men bir yo‘lini qilib unga ichiraman. Vaqting juda oz. Agarda biz amallasak... Hammasi biz kutgandek bo‘lsa ukangni qaytaramiz.- Durdona zahar idishini menga ko‘rsatib, tushuntira boshladi.
- Yaxshi... Faqat, zaharni sen emas, men beraman. Ziddi zahar ham menda turgani ma‘qul.
- Yo‘q, bunaqasi ketmaydi.
- Durdona...
- Amir, bu axir yomon tavakkal bo‘ladi. Oqibati nima bo‘lishi noma‘lum.- Durdona qat‘iyan norozi bo‘ldi.
- Durdona, u eplaydi. Gapida jon bor,  men Aserikni o‘zga olamga bandi qilishim uchun seni yordaming kerak bo‘ladi.- Amir Durdona rad etmagach men tomonga qaradi.- Eplashingga ko‘zing yetadimi, maymoq?
- Ha, yetadi. Bu hamirdan qil sug‘urgandek bo‘ladi.- Men Durdonani qo‘lidagi idishlarni olib, cho‘ntagimga joyladim. Ularni qoldirib, o‘zim omborxonaga yo‘l oldim.
- Hoy, hoy, kimlarni ko‘rayapman?! Nahotki, bu o‘sha, o‘z kuchini anglab yetmagan noshud bo‘lsa?!- Anglab bo‘lmas ovozda hiringlagan tovush bilan Sardor meni qarshi oldi.- Bu meni mehribon opajonim-ku. Nima Nima bilan qarshimda namoyon bo‘lding?
- Gaplashib olmoqchiman.- Uni oldiga besh qadam qolganda to‘xtadim. Sardor o‘rnidan turib, men tomonga yaqinlashdi ammo zanjirlar uni yurgani qo‘ymadi. Bu hol unga kulguli tuyuldi shekilli hiringlab yubordi.
- Gapir, qadrli, opajonim. Sen bilan suhbat qurish men uchun ham yoqimli.
- Sardorni tanasidan chiqishing uchun nima qilishim kerak? Ayt, gapir! Men sendan so'rayapman.
- Ho‘p, o‘ylab olay... Bir tomondan bu tana menga yoqa boshladi. Mabodo chiqish niyatim yo‘q desam... Nima qo‘lingdan keladi?
- Seni o‘ldiraman.- Uni ko‘zlaridan ko‘z uzmay shivirladim. U esa biroz sovuq tikilib, baralla kulib yubordi.
- Nima, nima? O‘ldirasan?! Senmi? Menimi? Xa-xa-xa... Qoyil, singiljon, ofarin... Bu ming yillikda mu qadar kulmagan bo‘lsam kerak.- u zanjirlarni jaranglatib, qo‘llarini silkib kulishda davom etdi.
- Men hazil qilmadim. Yaxshilikcha ukamni tanasidan chiqishingni so‘radim. Agarda chiqmasang...
- Yaxshi...
- yaxshi? Ya‘ni...
- Ya‘‘ni men tanani tark etaman. Agarda seni yoningdagilar farosatli bo‘lsa, shundday bo‘lgan taqdirda ham bu albatta ahmoqlik bo‘lar edi, men chaqiruvchi hohishini ado etganimdan so‘ng bu dunyoni ham, bu tanani ham tark etishimni aytgan bo'lishardi. Yuzingdan senga aytishmagani ko‘rinib turibdi.
- Aniqmi? Sen tanani tark etasanmi?
- Ha... Mabodo yoningdagi befahmlar tanani tark etolmaydi degan bo‘lsa, hohlasang ko‘rsatib berishim mumkin.- Sardor shunday deb ortga tisarildi.  Chuqur nafas olib, ko‘zlarini yumdi.
- Bo‘lishi mumkin emas.- Men uni atrofida turgan shamoli ko‘rib, hayratdan lol qoldim. U ko‘zlarini ochdi va mendan ko‘z uzmay gapirdi.
- Safira, singiljon... Seni juda sog'indim.- Bu haqiqatdan ham Sardorni ovozi edi. Men quvonchdan qanday qilib uni bag‘rimga bosganimni sezmay qolibman.
- Sardor... Ukajon... Ukajonim.- Uni yuziga termulib, quvonchdan arang tilim aylanardi. Qo‘llarim titrab, ko‘zlarim yoshlandi.- Meni kechir... Kechir meni, ukajon.
- Nega? Nima bo‘ldi? Yo‘q, g‘alati narsalarni o‘ylama, yaxshisi menga yordam ber.
- Kechir.- Ko‘zlarimni chirt yumib, zahar to‘ldirilgan ignani Sardorni bo‘yni ortiga sanchdim. Bir soniyada shamol kuchayib, u meni itarib yubordi. Ovozi boricha baqirib, zanjirlarni uzib yubordi.  Bir soniyada o‘zidan qora tuman taratib, qarshimda paydo bo‘ldi va baquvvat qo‘li bilan bo‘ynimdan bo‘g‘ib, ongsizlik mahluqni eslatuvchi nigohlarini menga qadadi.
- Bu seni menga qilgan yaxshiligingmi?- U titroq tovushda o‘kirib yubordi. Eshik ochilib, xonaga Amir va Durdona kirib kelishdi. Aserik ularga tirjayib qarab, o‘z atrofida aylanayotgan tumani orasiga sho‘ng‘idi... O‘zi bilan meni hamm olib ketdi. Meni bo‘ynimdan shu qadar kuchli bo‘g'gani uchun bu girdob ichida hushimni yo‘qotdim.
- Yoqimli kuzning ikkinchi oyi ham oxirlab qolmoqda... Sarg‘ish bargli daraxtlar ilk qor yoqqanida oqlik bilan qoplanadi. Bu qora dunyoni birozga bo‘lsa ham tozalaydi. Bu menga juda yoqadi.