Get Mystery Box with random crypto!

- Seni hech kim berib qo‘ymayman.- U qulog'im ostida shivirlad | JODUGAR HiKoYaLaRi

- Seni hech kim berib qo‘ymayman.- U qulog'im ostida shivirladi. Men endi og‘iz juftlagan edim qulog‘imga og‘riq sezilib, uni nari itarib yubordim.
- Bu nima qilganingiz?- Kaftim bilan qulog‘imni yopib, bor ovozda baqirdim. U esa shunchaki tirjayib turardi.
- Nega achchig‘ing chiqadi? Axir bu hammaga ma'lum udum holos.- Amir meni ortimdagi atirgullarga ko‘z tashlab, ortga burildi.- Endi hech qanday Abram seni tortib olmaydi. Ishon, quyoshim. Ketamizmi?
- Amir. So‘nggi savol... Abram bilan o‘rtangizda nima bor?- Men Amir tengi yurib, imkon boricha hammasini oydinlashtirishga urindim.
- Sen uchun bu muhimmi?- Amir to‘xtab, jiddiy so‘radi. Men javoban bosh silkidim. U biroz o‘ylanib, tezda gapirdi.- Abram bilan meni o‘rtamda... Bizni o'rtamizda sen borsan, Safira... Sen borsan.
- Men borman?! Tushunmadim.- Men Amirga tushunqiramay  qaradim. Go‘yo qarshimda Amir emas, yangi jumboq turardi. U boshqa savol yo‘q deb ortga qaytdik. Yo‘l-yo'lakay yoqimli deb bo'lmaydigan suhbat bo‘ldi. Unda Abramni yovuzliklari, qilmishlari va ikki yuzlamachiliklari haqida edi. Mashina yarim yo‘lga yetganda ko‘zimni g‘aflat uyqusi qopladi. Boshimni suyang‘ichga qo‘yib, uxlab qolibman. Men bu safar go‘zal yashillik qoplagan bog‘da edim. Bog‘ labirint va meni nimadir u yerni markaziga chorlardi. Men baland gul devorlar orasidagi yo‘l bo‘ylab yura boshladim. Turli nafis hidlar, yoqimli qushlar ovozi meni ko'nglimdan barcha g‘uborlarni aritib yubordi. Ko‘zim markazdagi favvora yonida turgan Abramga tushgach kayfiyatim yo‘qoldi, qoldi. Tezda ortga burildim biroq uni ovozi meni to‘xtatdi.
- Safira, ketma...- U Men tomonga kelib, qarshimga aylanib o‘tdi. Biroz ko‘zi yer chiqib turgach, tomoq qirib gap boshladi.- Yur, biroz o‘tiraylik.
- Meni bu yerga sen olib kelding. Demak endi menga tushda ham  uyqu yo‘q. Ajoyib, qoyilmaqom reja. O‘zing bilan fahrlanaver.- Men favvora yoniga borib, kesata boshladim.
- Ha, men seni bu yerga chorladim. Boshqa ilojimm yo‘q edi. Men faqat senga ishona olaman...
- Yo‘q, ishonma... Men sen o‘ylagan sodda qizaloq emasman. Yaxshisi ketaman. Qanday ketsam bo‘ladi?
- Safira gapimga quloq sol.- Abram bilagimdan tortib, ko‘zlarimga tikildi.- Unutma, sen ko'rayotgan hamma narsa sarob bo‘lishi mumkin. Har bir voqelik asl voqelik bo‘lmasligi mumkin.
- Nima demoqchisan?
- Boshqa gap ayta olmayman.- Abram kaftlari bilan yuzimni hohishimga qarshi siladi. Nim tabassum qilib, shivirladi.- O‘zingni ehtiyot qil. Ro‘yolarda ko‘rishguncha...
- Safira... Safira uyg‘on. Safira ko‘zlaringni och.- Amirni tovushi kelishi bilan qora tuman meni o‘rab oldi va Abram izsiz yo‘qoldi. Ko‘zlarimni bir necha marta qattiq yumib ochdim va mashinada uyg‘ondim. Atrofga alanglab, Amirdan boshqa hech kim yo‘q ekanini angladim. Men ortiqcha gap gapirmay, uyga yo‘l oldim. Bizni eshik oldida Durdona kutib oldi. Qo‘lida ikkita idish bo‘lib, biri och yashil rangda, ikkinchisi sarg‘ish qizil rangda edi. Men Durdonaga e‘tibor ham bermay, qo‘lidagi idishlarni ko‘zdan kechira boshladim.
- Qoyil, uddalagan ko‘rinasan,- Izimdan kelgan Amirni  ovozi eshitildi.
- Ha, uddaladim. Aqat bir muammo bor.- Durdona bu gal menga qarab gapirdi.
- Yana qanday muammo?
- Ziddi zahar  tezda berilishi kerak. Mabodo bir necha daqiqada ham hech qolsang,  bari tamom...
- Men aytilgan vaqt berishim aniq. Mabodo, dori ta‘sir qilmay , ukamga nimadir qilsa... Tirik qolmaysan. - Men uni qo‘lidagi qog‘ozni olib, nari ketdim.
- Bu ketishda ishlab bo‘lmaydi. Hali hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Yaxshisi yur, rejani yana bir bora ko‘zdan kechiramiz.- Men ulardan avval xonaga kirsamda, har bir gaplarini diqqat bilan eshitayotgandim. Yo‘q, bu yaxshilik bilan  tugamasligini ko‘nglim sezayapti. Nima bo‘lsa ham bari yaxshilik bilan tugasin. So‘nggi umidim ham shu mehribon egizagim.