Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_Atirgul 41 qism Amir meni hohishimga qarshi tepalikda | JODUGAR HiKoYaLaRi

#Qonli_Atirgul
41 qism

Amir meni hohishimga qarshi tepalikdan pastga olib tushdi. Bizni qarshimizda qonli atirgullar maskani turardi. Meni ko‘nglim behush bo‘lib, arang o‘zimni tutib turardim. Amir vanihoyat qo‘limni qo‘yib yubordi va gulzor orasiga kirib men tomonga qaradi.
- Seningcha bular nima? Ho‘sh, gul...! Shunchaki gullar holosmi?- U egilib, yonidagi gul yaprog‘iga barmoqlari bilan siladi. Barmog‘i qizil bo‘lib qolganini ko‘rib, ortga tisarildim.
- Qon!?- Men titrab arang gapirdim. U esa nim tabassum qilib, hotirjam gulni barmoqlari bilan o‘ynardi.
- Bu gullar sen bilgan yoqimtoy, kelishgan, samimiy Abramga tegishli. Har bir gul...- U yo'llarini ikki yonga yozib, tirjaydi.- U hayotiga zomin bo‘lgan har bir bechora go‘zallarga tegishli. Ha, ha, to‘g‘ri eshitding. U jonini olgan qizlar qabri ustidan chiqqan qonli la'natlar. Naqadar jirkanch...
- Amir...! Bo‘ldi, bas qiling. Ketmoqchiman. Men bu yerda qolishdan ma‘ni ko'rmayapman.- Ortga o‘girildim ammo Amir qarshimdan chiqib, yo‘limni to‘sdi.
- Sen bu yerga kelishingdan maqsad nima ekanini  bilasanmi? Bugun ilk hayot darsini o‘taman. Mavzu: Abramni asl basharasi deyiladi.
- Nega bunday QILAYAPSIZ?- Men uni itarib tashlab, bor ovozda baqirdim.  Amir endi hech bir kulgusiz meni qo‘llarimdan tortib, atirgullar orasiga olib kirdi.
- CHUNKI SEN O‘SHA LA‘NATINI SEVASAN. - U og‘riq turgan qo‘llarimni qo‘yirib, gullarni jahl bilan tepdi.
- Bo‘lmagan gap. Bu hech qanaqasiga haqiqatga yaqin emas. Men uni... Yaxshi ko'rmayman. - Qiziq, nega o‘zimni oqlashim kerak edi? Nega oqladim? Haligacha tushunmayman.
- Bilasanmi, men seni qo‘lingdan tutganimda u haqidagi hotiralaringni ko‘rdim. Qisman bo‘lsada hamon uni hayolingdan chiqara olmayotganingni sezdim. Safira, u hayot uchun havfli inson. Aynan seni hayoting uchun havfli...
- Abram haqida gapirishni bas qiling. Yetar, bas... Men uni eslashni ham hohlamayman. Hohish yo‘q joyda sevgi haqida valdirash ahmoqlik.
- Ahmoqlik...? Seningcha men xato gapirdimmi? Demak, Abramni yomon ko‘rasan, uni o‘ylashni hohlamaysan. Safira, hatto o‘zing ham o‘z hislaringga tushunmaysan.- Amir bosiqlik bilan gapirib, so‘zi so'nggida jilmayib qo‘ydi. Uni gaplaridan so‘ng hayolimga qiziq fikrlar keldi.  Haqiqatdan ham Abram bilan bo‘lgan bog'liqlik bog'liqlik uchun qiziq tuyulgan. Doim o'ylantirgan savol bo‘lib kelgan. Biroq bu hayollar sevgini anglatmaydi.
- Siz hali... Siz hali ukamni muammosi yechimsiz turgan bir pallada meni Abram haqidagi o‘ylarim sabab shu yerga olib keldingizmi? Aaa?- Eng yaxshi yo‘l gapni olib qochish. Aniqrog‘i yaxshiroq mavzularga bo‘lish...
- Gap unda emas. Sen maqsadingdan  chalg'ishing mumkin emas. Bu esa eng katta xato bo‘ladi. Tushun, Safira, men senga yordam berishni hohlayman.
- tushunib turibman. Ehtimol nega u bunday qilayotganini bilishni hohlarman. Men... Uff, men hech kimni seva olmayman.- men gulzordan chiqib, do‘nglik yonida to‘xtadim. Izimdan yaqinlashgan Amir biroz jim turdi va gap boshladi.
- Quyoshim, men maqsad qo‘ysam, hech narsaga qarab o‘ttirmay, maqsadga ega chiqishga odatlanganman. O‘sha maqsad uchun yanchib, burdalab, maydalab o‘tish qo‘limdan keladi va men aynan shunday qilaman.
- Ya‘ni... Maqsadingiz nima?
- Maqsadimmi? Maqsadim, sensan.- Amirni yuzida hech qanday tabassum, hech qanday hazil yo‘q edi. Ko‘zlarida samimiyat, labida nim tabassum va hadik ko‘rinib turardi. Uni qo‘li qo‘limga tegishi bilan tanam titrab ketdi. Ham isib, ham sovub ketdim. Etik jimirdab, nafas olishim tezlashib ketdi. Uni menga qadalgan nigohlari sabab ter bosib ketdi.
- Amir... Menimcha, ketish vaqti yetdi.- Men qo‘limni tortib olib, ortga burildim. Burilishim bilan Amirga urilib, to‘xtab qoldim. U sochim oralab yurg‘izgan barmoqlari battar tanamni jimirlatib yubordi. Uni yuziga ko‘z tashladim. Tabassum... Men esa g‘alati ahvolda edim. Bir soniyada ham Amirdan nafratlanib, ham uni yoqtirib borayotgandim.