Get Mystery Box with random crypto!

Qonning qo‘lansa isiga aralash atirgulning takrorlanmas ifori, | JODUGAR HiKoYaLaRi

Qonning qo‘lansa isiga aralash atirgulning takrorlanmas ifori, ko‘k yerdagi qizil vahimalar... Yerga qadab chiqilgandek ko'rinadigan dona-dona qizil gullar. Biroz esayotgan shamol menga bu yoqimsiz manzarani hidini olib kelardi. Men ortga tisarildim. Ketishni, bu yerni unutishni hohladim biroq Amir meni qo‘limni mahkam ushlab, shivirladi.
- Bu haqiqatlarning boshlanishi... tayyormisan, Safira?
Bu haqiqatdan ham tush bo‘lishini hohlardim. Tush bo‘lishi uchun buun borimni berishga tayyor edim. Ming afsuski hayotim minglab dahshatli tushlardanda vahimaliroq bo‘lib ketgan edi. Ha, bu takrorlanmas manzara va muqaddima ekanini yuragim har bir urishida takrorlab turardi.