Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_Atirgul 40 qism Hikoyam muqaddimasi....! - Endi nim | JODUGAR HiKoYaLaRi

#Qonli_Atirgul

40 qism

Hikoyam muqaddimasi....!

- Endi nima bo‘ladi? Ukam nahotki...- gapimni davom ettira olmay yig‘lab yubordim. Amir yuzimni yashirgan qo‘llarimni yuzimdan uzoqlashtirib, sizib chiqqan yoshlarimni barmoqlari bilan ohista artdi.
- Ukangga hech narsa qilmaydi. Ishon menga, quyoshim.- U jilmaydi va yelkamga qo‘llarini qo‘ydi.
- Biror imkonimiz bormi? Faqat rostini gapiring. Men bilishim kerak.- Amirni nigohidan so‘nggi umidni izlash uchun ko‘zlariga tik qarashga jur'at etdim. Yoshlarim sabab ko‘zim hiralashsa ham uni nigohlarini ko‘ra oldim. Yo‘q, hech qanday umid yo‘q edi.
- Bor. Imkon bor bizda.- Xona eshigi sharaqlab ochilib, ichkariga Durdona yugurib kirdi. Uni gaplari mendagi millionlab yaralarga malham qo'ygandek bo‘ldi va yengil tin oldim.
- Biror narsa topdingmi?- Amir mendan uzoqlashib, Durdonani qarshisiga chiqdi.
- Aserik, u soyalarda yurib, quyoshda kuchsiz mavjudot sanaladi. Quyoshdan yurish uchun tana lozim. Tana egasi tirik bo‘lishi shart. Mabodo tanaga biror narsa bo‘lsa...
- Bas, bu yana nimasi?- Men uni gaplarini ortiq eshita olmay baqirib yubordim.- Bu bilan sen ukangni o'ldirish kerak demoqchimisan?
- Mantiqan... HA!
- Durdona?!- Amir ma‘noli talaffus qildi.
- Boshqa imkon yo‘q. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar... Mabodo u tanadan o‘z ixtiyori bilan chiqsa, mushkulimiz oson bo'ladi.
- O‘z ixtiyori bilan chiqmasa-chi?- Men baqirib yubordim.
- Unda u ham tana egasi bilan halok bo‘ladi. Ammo... Tushun, Safira, bu yaxshi imkoniyat.
- Nima? Imkoniyat? Ustimdan kulayapsanmi? O‘z egizagimni o‘ldirishlaringga yo‘l beraymi?- Men yana Durdonaga tashlandim biroq Amir yana yo‘limni to‘sdi.
- Gapini tugatishiga imkon ber.-deb Durdonaga qaradi.- Davom ettir!
- Hullas, kuchli zahar va ziddizahar tayyorlayman. Zahar berilgach, ma‘lum daqiqada Aserik tanadan chiqadi. U tanadan chiqqanida juda kuchsiz bo'ladi. Bu bizni imkoniyatimiz. Biz Aserikni amallaymiz, sen esa egizagingga ziddizahar berasan.
- Qachon tayyor bo‘ladi? Bilasan, vaqtimiz juda kam.
- Ha, ha... Ko‘pi bilan ikki soat. Hozirdan ishni boshlayman.- Durdona shoshilib eshik tomon yugurib ketdi. Men esa holsiz devanga o‘ttirdim.
- Shu darajada chigal bo'lishi mumkinmi? Bir inson qismati shu qadar...
- Bo'ldi, tinchlan, quyoshim.- Amir meni qo‘limni kaftlari orasiga olib, jilmaydi.-  har bir  mushkulot albatta o‘z yechimiga ega. Sen va men sinovdamiz. Bu sinovlar esa hali boshlanishi bo‘lishi mumkin. Masalan, sen bu safar boshidan yengilsang, qanday qilib yo‘lingda davom etasan? Quyoshim, unutma... Har bir sinovga ilk muammodek qara. Har bir yechim navbatdagi tilsim ekanini miyangga tushuntir.
- Ha, tushundim. O‘zimga kelib olishim uchun vaqt bering. Ukamni qutqarishga imkon bor ekani menda yashashga sabab uyg‘otdi. Endi kuchli bo‘lishim kerak.
- Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Menda yaxshi fikr bor.
- Yana qanaqa fikr?
- Qonli atirgullar haqida senga bir narsani ko'rsatmoqchiman. Tayyorlan, o‘n daqiqada ketamiz.- Amir eshik oldida kutishini aytib, chiqib ketdi. Men ko‘zgu qarshisiga kelib, o‘z aksimga tikilib qoldim. Shishgan, uyqusizlik sabab ko'z osti osilgan, lablar oqarib ketgan, ko‘zlarim tagi esa narkomanlarnikidek qorayib qolgan. Yuzim so‘lg‘in, ko‘rinishim bir ahvolda edi. Bu menmanmi??? Ortiqcha gap tilimga kelmadi. Burnimni tortib, sochlarimni ortga yig'dim.  Egnimga xonada yotgan kurtkani kiyib, pastga tushdim. Amir bilan biz qo‘riqxonaga yo‘l oldik. Mashinani o‘sha, menga yaxshi va yomon tanish bo'lgan harobazor yonida to‘xtatdi.
- Amir?!
- Qani, tush, quyoshim.- U harobazorga imlab, pastga tushdi. Men hohishsiz uni izidan tushib, harobazorga ergashdim. U meni qo‘limdan tutib, harobazorni kesib o'tdi va chap tomonga, daraxtzorlar yoniga yo‘l oldi. Men aniq bir savol bermasdim. Faqat ko‘zlarim atrofda, qo‘lim esa Amirni qo‘lini qattiq tutib olgandim. Huddi hasni ushlab olgan chumoli singari kutilayotgan to‘fonga qarshi suzib borayotganimni his etardim. Biz yarim soatdan daraxtzorni o‘tib, ko‘l yonidan o‘tdik. Biroz do‘nglikni kesib o‘tgach ko‘zim g‘alati manzaraga tushdi. Aniqrog‘i daxshatli manzara... Qonli atirgullar oshiyoni.