Get Mystery Box with random crypto!

Har safar saltanatga erishish uchun aka ukasini, ota oʻz oʻgʻl | Javohir Izzatulloh | blog

Har safar saltanatga erishish uchun aka ukasini, ota oʻz oʻgʻlini va oʻgʻil oʻz otasini oʻldirgani kabi tarixiy voqealarni eshitsam, xayolimga qanday qilib degan savol kelardi. Qanday qilib inson oʻz jigarini, birga katta boʻlgan, mehr bergan, qoni bir boʻlgan, oson va qiyin kunlarni birgalikda boshdan oʻtkazgan yaqinini oʻldirishi mumkin, hech boʻlmasa oʻtmishning shirin xotiralarini eslamasmikan, deb oʻylardim.

Keyinchalik tushunib yetdimki, insonlar tabiatan unutuvchan bo’ladi. Nafs istaklari ortidan quvish, kibr va shaxsiy manfaatlar ularning koʻzlarini koʻr qiladi. Natijada yaqiniga aloqador boʻlgan barcha xotiralarni, goʻzal kunlarni — hamma-hammasini unutadi va bir-birini hech ikkilanmay qatl qiladi.

Bu xulosaga kelishimda oʻzim guvoh boʻlgan bir qancha voqealar sabab boʻldi. Uzoq yillik do’stlar, qon-qarindosh aka-ukalar va muhabbat ustiga qurilgan oilalar arzimagan boylik yoki shaxsiy manfaat sabab zavolga yuz tutdi va rishtalar uzildi.

Kichik manfaat ustida shu darajaga borayotgan odam bolalari katta-katta imperiyalar, saltanatlarga egalik qilish masalasi turganda shunga yarasha qabihliklar qilishi tabiiy holdek koʻrinib qolarkan…

@Iysoxon