Get Mystery Box with random crypto!

IpakNews.uz

Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz I
Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz
Kanal manzili: @ipakyulinews
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🗞Axborot portali
🗓Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangilik va repostlar
🗃Tekshirilgan ma'lumotlar
🗞Лучший новостной портал
🗓Самые свежие новости и репосты
🗃Проверенная информация

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 276

2022-05-15 07:43:02
O‘zbekiston 2022-yilning uch oyida 6,3 mln dollarlik olma import qilgan

Olma importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 20 baravarga oshgan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
22 views04:43
Ochish/sharhlash
2022-05-15 07:42:31
G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazish zaruratga ko‘ra hali uzoq davom etishini va’da qildi

G7 mamlakatlarining vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi, jumladan, mamlakatning iqtisodiy sohadagi muhim yo‘nalishlariga nisbatan taqiqlar qo‘llanishini tasdiqlagan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
21 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-05-14 19:37:40
AQSH boshqa davlat banklarini Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishdan ogohlantirdi

Aksariyat hukumatlar sanksiyalarga amal qilmoqda, ammo BAA kabi davlatlar Rossiya aktivlari uchun xavfsiz boshpana berishda davom etmoqda. Bir nechta rossiyalik oligarxlarning yaxtalari Dubayga olib borilgan.



Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
7 views16:37
Ochish/sharhlash
2022-05-14 18:17:30
Farg‘onada tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
20 views15:17
Ochish/sharhlash
2022-05-14 16:25:26
BAAning yangi prezidenti etib marhum prezidentning ukasi shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon saylandi

So‘nggi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmasdi, mamlakatni boshqarishni poytaxt amirligi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zaydga topshirib qo‘ygandi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
27 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-05-14 15:41:56
Moskva birjasida o‘zbek so‘mini savdoga kiritish rejalashtirilmoqda

Moskva birjasi savdo maydonchasidagi valutalar to‘plamini kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RBK o‘z manbalariga tayanib. 
Xabar qilinishicha, savdolarga O‘zbekiston so‘mi, BAA dirhami va Armaniston drami kiritilishi mumkin.

Hisob-kitob qilinishicha, 2022 yil aprelida kunlik dollar-rubl savdosi hajmi o‘rtacha 81,5 mlrd rublni tashkil etgan – 2021 yilda bu ko‘rsatkich 242,9 mlrd rublga teng bo‘lgan. 
Hozirda Moskva birjasida 10ta xorijiy valuta savdosi yo‘lga qo‘yilgan: AQSh dollari, yevro, Xitoy yuani, Britaniya funti, yapon iyenasi, Shveytsariya franki, turk lirasi, Hongkong dollari, Belarus rubli va qozoq tengesi. 

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
23 views12:41
Ochish/sharhlash
2022-05-14 15:23:02
Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi

Hindiston hukumati bug‘doy eksport qilishni taqiqladi. Hindiston tashqi savdo bosh direktoratining bayonotida bildirishicha, faqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun Hindiston bug‘doyi zarur bo‘lgan mamlakatlar uchungina istisno qilinishi mumkin. 

Bayonotga ko‘ra, «Hindiston va qo‘shni mamlakatlar» oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan bug‘doy narxining oshishi mazkur qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Ushbu taqiq Hindistonning bug‘doy narxlari bo‘yicha global poygada foydaga erishish rejasiga zarba bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg. Mamlakat bug‘doy yetkazib berish borasida Ukrainaning o‘rnini egallashi kutilgandi.
Hindiston bug‘doy yetishtirish bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, uning ulushi 13,5 foizni tashkil etadi, deb yozadi India Times. Mamlakat yiliga 107,59 mln tonnadan ortiq don yetishtiradi, ammo aksariyat qismini ichki bozorga chiqaradi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
20 views12:23
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:36:32
Xitoy futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishdan bosh tortdi 

Xitoy epidemiologik vaziyat sababli futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasini qabul qilmaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.
Qit’aning 24 milliy jamoasi ishtirokida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu musobaqa kelgusi yil 16 iyunidan 16 iyuligacha Xitoyning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tishi lozim edi.

«Osiyo futbol konfederatsiyasi Xitoyni ushbu turnirni o‘tkazish huquqidan voz kechishga majbur qilgan COVID-19 pandemiyasi holatini e’tirof etadi», — deyiladi OFK bayonotida.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
19 views10:36
Ochish/sharhlash
2022-05-14 12:17:05
Janubiy Osetiyada 17-iyul kuni Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligi Janubiy Osetiya mustaqilligini ham, uning prezidenti saylovlari natijalarini ham tan olmaydi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
21 views09:17
Ochish/sharhlash
2022-05-14 11:43:20
O‘zbekistondagi barcha muzeylarda 18-mayda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi

Bu kuni muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
21 views08:43
Ochish/sharhlash