Get Mystery Box with random crypto!

IpakNews.uz

Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz I
Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz
Kanal manzili: @ipakyulinews
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🗞Axborot portali
🗓Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangilik va repostlar
🗃Tekshirilgan ma'lumotlar
🗞Лучший новостной портал
🗓Самые свежие новости и репосты
🗃Проверенная информация

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 272

2022-05-17 17:30:58
AQSh gipertovushli qurolni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi

AQSh harbiy-havo kuchlari 16 may, dushanba kuni AGM-183A ARRW (Air-Launched Rapid Response Weapon) gipertovushli raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi. 14 may kuni Boeing B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti Kaliforniya janubiy qirg‘oqlari yaqinida raketa uchirdi, deb xabar berdi AQSh harbiy-havo kuchlari.    «Samolyotdan ajralib chiqqanidan so‘ng, ARRW bloki kutilgan vaqt davomida yonib turdi va tovush tezligidan besh baravar yuqori gipertovush tezligiga yetdi», — deyiladi hujjatda. 


Amerikalik harbiylar Rossiya Ukraina hududidagi jangovar operatsiyalarda gipertovushli raketalardan foydalanayotgani, Xitoy esa gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. Oktyabr oyida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bunday sinovlar haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. 

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
37 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-05-17 16:55:55
O‘zbekistonda mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi

Shuningdek, soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilmaydi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
35 views13:55
Ochish/sharhlash
2022-05-17 15:25:00
Tayvanda Xitoyning hujum qilish ehtimoli hisobga olingan holda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Tayvan harbiylari Xitoy armiyasi orolga hujum qilishi ssenariysi bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi. 
Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda harbiy operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Han Kuang deb nomlanuvchi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi 25 iyulda boshlanadi. Unda jangovar o‘q otishlar bo‘lib o‘tadi, Stinger va Javelin raketa majmualaridan foydalaniladi. 


Ma’lumot berilishicha, qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Xitoyning «Lyaonin» aviatashuvchi kemasi ishtirokidagi zarba beruvchi guruh mashg‘ulotlari fonida o‘tkazilmoqda. 
Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblab keladi.  

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
35 views12:25
Ochish/sharhlash
2022-05-17 15:23:38
Bug‘doy jahon narxi keskin ko‘tarildi — bu Hindistonning eksport cheklovlari natijasidir

Hindiston bug‘doy bozorida yetakchi yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan Ukraina o‘rnini bosa olishiga umid qilingan edi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
35 views12:23
Ochish/sharhlash
2022-05-17 14:40:16
O‘zbekistonda aprelda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

Yil boshidan buyon UzAuto Motors ishlab chiqarayotgan avtomobillarning 60 foizdan ortig‘i Cobalt va Lacetti hissasiga to‘g‘ri keldi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
37 views11:40
Ochish/sharhlash
2022-05-17 11:42:11
O‘zbekistonliklar Rossiyada chet elliklar orasida sodir bo‘lgan YTHlarning eng ko‘p sababchisi bo‘lgani aniqlandi

2021-yilda O‘zbekiston fuqarolarining aybi bilan 1290 ta YTH sodir etilgan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
40 views08:42
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:02:22 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:

Shvetsiya bosh vaziri NATOga kirish bo‘yicha e’lon qilarkan, mamlakat o‘z hududida alyans bazalari va yadro quroli joylashtirmoqchi emasligini ma’lum qildi;

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati «Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritganlar NATOga qo‘shilishiga “ha” demasligi»ni aytdi. U Shvetsiya Turkiyadagi muxolifat vakillariga boshpana berganini nazarda tutgan. Shuningdek, Shvetsiya va Finlandiya Suriyadagi urushdagi ishtiroki tufayli Turkiyaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni taqiqlagan;

Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmadi - Vengriya hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yishga qarshi chiqmoqda. Endi bu YI elchilari darajasida hal qilinishi kerak, agar shunda ham kelishuv bo‘lmasa – masala Yevroittifoqning 30-31 may kunlaridagi sammitiga qoladi;

Odessaga qanotli raketalar bilan zarba berilgan, turistik infratuzilma binolari shikastlangan. Zarba natijasida to‘rt kishi yaralangan, ular orasida bir bola ham bor;

Dushanba kuni kechqurun Lvovdagi nashrlar oblast hududi o‘qqa tutilganini xabar qildi. Keyinroq Polsha chegarasi yaqinidagi harbiy ob’yektga zarba berilgani ma’lum bo‘ldi;

Rossiya harbiylari Donetsk yo‘nalishidagi harakatlarni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda va bu hududdagi Ukraina infratuzilmalariga artilleriya zarbalari yo‘llamoqda;

Fransuz avtomobil konserni Renault’ning Rossiyadagi aktivlari davlat ixtiyoriga o‘tdi. Bu Rossiyada xorijiy kompaniyaning milliylashtirilishi bilan bog‘liq ilk holatdir;

McDonald's kompaniyasi Rossiyadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinganini xabar qildi. Kompaniyaning Rossiyadagi biznesi sotiladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
40 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-05-17 09:42:22
Toshkentda 58 yoshli fuqaro metro poyezdi yo‘liga tushib ketdi

Metropoliten xodimlari hamda yo‘lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz, zudlik bilan poyezd yo‘lidan qutqarib olingan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
38 views06:42
Ochish/sharhlash
2022-05-17 08:45:26
Bayden AQSH harbiylarini yana Somaliga joylashtirishga qaror qildi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilda amerikalik harbiylarni Somalidan olib chiqib ketish haqidagi qarorni imzolagan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
41 views05:45
Ochish/sharhlash
2022-05-17 08:09:10
O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida narxlar oshishi ko‘proq sezilgani ma’lum bo‘ldi

Ko‘pchilik aprel oyida o‘simlik yog‘i, shakar va qandolat mahsulotlari hamda non va un mahsulotlari qimmatlaganini sezgan.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
43 views05:09
Ochish/sharhlash