Get Mystery Box with random crypto!

IpakNews.uz

Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz I
Telegram kanalining logotibi ipakyulinews — IpakNews.uz
Kanal manzili: @ipakyulinews
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🗞Axborot portali
🗓Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangilik va repostlar
🗃Tekshirilgan ma'lumotlar
🗞Лучший новостной портал
🗓Самые свежие новости и репосты
🗃Проверенная информация

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 271

2022-05-18 13:22:16
Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishi uchun o‘z shartlarini aytdi

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kiritilishini ma’qullash evaziga Turkiya F-35 uchuvchilarini tayyorlash dasturga qaytarilishini va Rossiyadan C-400 xaridi uchun sanksiyalar bekor qilinishini talab qilmoqda.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
33 views10:22
Ochish/sharhlash
2022-05-18 11:04:30
G7 Xitoyni Rossiyani oqlamaslikka chaqirdi

“Katta yettilik” davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslikka va Moskvaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tib, uning harakatlarini oqlamaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Germaniya shimolidagi Vangels kommunasida (Shlezvig-Golshteyn federal shtati) uch kunlik yig‘ilish yakunlari bo‘yicha G7 mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma bayonotda keltirilgan. “Biz Xitoyni Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushida yordam bermaslikka chaqiramiz. Pekin Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni buzishdan tiyilishi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushini oqlash uchun axborot manipulyatsiyasi, dezinformatsiya va boshqa vositalardan foydalanishdan saqlanishi kerak”, deyiladi hujjatda.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
32 views08:04
Ochish/sharhlash
2022-05-18 09:58:41 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

O‘tgan kunda yana 300 nafardan ortiq ukrain askari Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan chiqdi. Ukraina prezidenti buni mudofaani ikki oy mobaynida ushlab turgan «harbiylarni qutqarish amaliyoti» deb atagan, Rossiya hukumati esa bunga kapitulyatsiya deb baho bermoqda. «Azovstal» mudofaachilari Donetsk yaqinidagi Olenevka posyolkasida joylashgan qamoqxonaga yetkazilgan. Ularning orasida - 50 nafar atrofida og‘ir yaradorlar bor.
Kiyevda rossiyalik harbiy xizmatchi, Sumi oblastida qurolsiz tinch aholi vakilini o‘ldirishda ayblanayotgan Vadim Shishimarin ustidan sud jarayoni davom ettirilmoqda. Bu Ukraina hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud qilinayotgan ilk RF armiyasi harbiysidir.
Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Rasmiy javobni bir necha hafta kutish kerak bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, yangi a’zolar qabul qilinishini alyansning barcha 30 a’zosi ma’qullashi kerak. Hozircha bunga Turkiya qarshi bo‘lib turibdi, ammo bu borada muzokaralar olib borilmoqda, Bryussel va NATO bu muammo bo‘lmasligini aytmoqda.


Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
31 views06:58
Ochish/sharhlash
2022-05-18 09:43:30
O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalarini tasdiqlashga oid qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

2022/2023-o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 76 728 nafar kvota ajratilishi mumkin.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
33 views06:43
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:51:38
Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Ekoqo‘mita yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat, suvning keskin qaytib ketishi sababli qamish tublari tutashni davom etmoqda.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
38 views04:51
Ochish/sharhlash
2022-05-18 06:42:40
Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi 

Bu yil O‘zbekiston Milliy paviloni 75-Xalqaro Kann kinofestivali doirasida uchinchi marta ish boshladi.
Pavilon 18 maydan 22 mayga qadar dunyodagi eng taniqli va yirik kino bozori – Kann kinofestivali vaqtida mashhur Kruazet qirg‘og‘i muntazam o‘tkaziladigan Marché Du Film da ish olib boradi.

Pavilonga kino, TV va media olami profesionallari tashrif buyuradi. Ular butun dunyodan yangi loyihalarni tanlash, taklif etilayotgan lokatsiyalarni ko‘zdan kechirish va suratga olish haqida kelishuvlarga erishish uchun Kannda to‘planishadi.


Tashkilotchilarning sa’y-harakati bilan O‘zbekiston Marché Du Film kino bozori markazida AQSh, Xitoy, Avstraliya va boshqa mamlakatlar yaqinidagi nufuzli joyga ega bo‘ldi. Yarmarka ishi davomida O‘zbekiston o‘z lokatsiyalarida film va media-mahsulotlarni suratga olishga butun dunyodan prodyuser va rejissyorlarni jalb etishga harakat qiladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
38 views03:42
Ochish/sharhlash
2022-05-18 06:25:43
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga 100 foizgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanadi

Tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama joriy etiladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
33 views03:25
Ochish/sharhlash
2022-05-17 20:02:48
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbarlari kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.


Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
29 views17:02
Ochish/sharhlash
2022-05-17 19:00:54
“Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor” — Shavkat Mirziyoyev

Hokimlarga tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish vazifasi topshirildi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
34 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-05-17 18:58:54
Nest One qurilishidagi qancha ishchining oyligi kechiktirilgani ma’lum qilindi

O‘rganish davomida ishchilarga maosh to‘lamagan xorijiy korxona rahbariga yozma ko‘rsatma berildi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews
31 views15:58
Ochish/sharhlash