Get Mystery Box with random crypto!

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar: Shvetsiya bosh vazir | IpakNews.uz

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:

Shvetsiya bosh vaziri NATOga kirish bo‘yicha e’lon qilarkan, mamlakat o‘z hududida alyans bazalari va yadro quroli joylashtirmoqchi emasligini ma’lum qildi;

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati «Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritganlar NATOga qo‘shilishiga “ha” demasligi»ni aytdi. U Shvetsiya Turkiyadagi muxolifat vakillariga boshpana berganini nazarda tutgan. Shuningdek, Shvetsiya va Finlandiya Suriyadagi urushdagi ishtiroki tufayli Turkiyaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni taqiqlagan;

Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmadi - Vengriya hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yishga qarshi chiqmoqda. Endi bu YI elchilari darajasida hal qilinishi kerak, agar shunda ham kelishuv bo‘lmasa – masala Yevroittifoqning 30-31 may kunlaridagi sammitiga qoladi;

Odessaga qanotli raketalar bilan zarba berilgan, turistik infratuzilma binolari shikastlangan. Zarba natijasida to‘rt kishi yaralangan, ular orasida bir bola ham bor;

Dushanba kuni kechqurun Lvovdagi nashrlar oblast hududi o‘qqa tutilganini xabar qildi. Keyinroq Polsha chegarasi yaqinidagi harbiy ob’yektga zarba berilgani ma’lum bo‘ldi;

Rossiya harbiylari Donetsk yo‘nalishidagi harakatlarni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda va bu hududdagi Ukraina infratuzilmalariga artilleriya zarbalari yo‘llamoqda;

Fransuz avtomobil konserni Renault’ning Rossiyadagi aktivlari davlat ixtiyoriga o‘tdi. Bu Rossiyada xorijiy kompaniyaning milliylashtirilishi bilan bog‘liq ilk holatdir;

McDonald's kompaniyasi Rossiyadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinganini xabar qildi. Kompaniyaning Rossiyadagi biznesi sotiladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews