Get Mystery Box with random crypto!

Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek | Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar

Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek tuyilayotgandi. Rossiya va Ukraina o’rtasida dastlabki muzokaralar natijasi nisbatan muvaffaqiyatli yakunlangani hamda Ukraina himoya frontida ko’p yutuqlarga erishgani ortidan vaziyat biroz yumshagandek—deeskalatsiya bo’lgandek tuyilgandi. Lekin Rossiya harbiylari biroz ortga chekinar ekan, ular nafaqat Ukraina shahar qishloqlarini vayrona holatda tashlab ketishmoqda, shu bilan birgalikda, juda qo’rqilganidek, tinch aholi vakillarini o’ldirib ketishmoqda. Ukrainining Bucha shahrida Rossiyalik harbiylar oddiy aholi vakillarini qo’llarini bog’lab, ularni qatl etgan holatda ularning uylari oldida va ko’chalarda qoldirib ketishgan(buni tasqidlaydigan dalillar yetarli, lekin ularni ko’rish yurakni ezadi). Katta ehtimol bilan bu holat Ukrainaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. Afsuski, bu ma’nosiz urushning qurbonlari nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari bo’lib qolmoqda. Albatta, bunday harakatlarni umuman oqlab bo’lmaydi va hech qachon unutilmaydi. 21-asrga kelib ham urush balosi hamon mavjudligini o’ylash judayam og’riqli.