Get Mystery Box with random crypto!

​Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada Ross | Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar

Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada

Rossiyaga qarshi sanksiyalar G’arb davlatlari uchun zararini kamaytirish, ayniqsa neft-gaz bozoridagi bo’lajak tahdidlarni bartaraf etish uchun bu soha sanksiyalar paketiga kiritilmadi. Ya’ni bu soha deyarli avvalgidek ishlashi mumkin ekanligi ta’kidlandi. Lekin har qanday sohada kuzatilayotganidek, neft-gaz sohasidagi yirik G’arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishmoqda. Sansiyalar qo’llanilmagan bo’lsada, bu kompaniyalar o’zlarini-o’zlari sanksiya qilayotgandek. Rossiya “bekor qilish madaniyati (“cancel culture”) qurboniga aylangan birinchi davlat bo’lishi ortidan ushbu kompaniyalar ham oddiy iste’molchilar tomonidan “otmen” bo’lib ketishdan o’zini olib qochishmoqda. Bundan tashqari, investorlar kelajakdagi moliyaviy va siyosiy risklarga darhol javob berishpayti. Rossiya boshlagan urush ushbu kompaniyalarda kim tarafda bo’lish borasidagi ma’naviy-ahloqiy savolni ham ko’taryapti va bu biznes uchun hatto faqat foyda tomonidan o’ylaganda ham muhim savol.

O’zim yashayotgan AQShdagi kichik shaharda urush boshlanishidan avval benzin narxi bir gallonga (3.78 literga) $3.55 atrofida edi. Urushni 2-kuni taxminan $3.85 ga ko’tarildi. Hozir esa $4.15. Umuman olganda, AQShda 1970-yillardagi kabi energiya inqirozi bo’lishidan havotir olishadi va AQSh bunga strategik neft rezervlari uchun bunday holatga o’zini yaxshi tayyorlagan. Rossiyadan AQShga neft importi uncha ko’p ham emas, taxminan umumiy importning 3% ni tashkil qiladi. Lekin dunyo neft bozoridagi avvaldan o’sib borayotgan narxlar va hozirgi tahlikali holat AQShga ta’sir qilmay qolmaydi. Sentabrda AQShda kelganimda yuqoridagi benzin narxi taxminan $3.15 edi va u bugunga kelib 1 dollarga oshdi. Bu bitta sedan mashinaga to’la yoqilg’i quyish taxminan $10 ga qimmatladi degani. Hozirgi kundagi AQShdagi yuqori darajadagi inflatsiyani hisobga olganda va bu saylovchilar ovozlarida o’z aksini topadi deb baholasak, bu o’zgarishlar muhim siyosiy ahamiyatga ega, ayniqsa bu yilgi Kongressga bo’ladigan “mid-term” saylovlar va, garchi gapirishga hozir erta bo’lsada, 2024-yilgi prezident saylovlari uchun.