Get Mystery Box with random crypto!

Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar

Telegram kanalining logotibi ikromjonstories — Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar I
Telegram kanalining logotibi ikromjonstories — Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar
Kanal manzili: @ikromjonstories
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 543
Kanalning ta’rifi

Siyosatshunos talaba

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-02 18:57:03
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳрига келди.

Ҳозирда давлатимиз раҳбари Жўқорғи Кенгес депутатлари, Қорақалпоғистон фахрийлари ва фаоллари билан учрашув ўтказмоқда.

Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш муҳокамаси ҳали давом этаётганини инобатга олиб ҳамда Қорақалпоғистон аҳолиси билдираётган фикр ва мулоҳазаларни ўрганган ҳолда Президентимиз Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 70, 71, 72, 74, 75-моддаларини амалдаги таҳрирда ўзгаришсиз қолдириш зарурлигини таъкидлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Нукус.

Сейчас глава государства проводит встречу с депутатами Жокаргы Кенеса, представителями старшего поколения и активом Каракалпакстана.

С учетом того, что процесс обсуждения изменений и дополнений в Конституцию еще продолжается, а также на основе изучения высказываемых жителями Каракалпакстана мнений, Президент обозначил необходимость сохранения без изменений действующие редакции статей 70, 71, 72, 74, 75 Конституции Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
259 views15:57
Ochish/sharhlash
2022-07-02 05:57:17 2022-yilning dastlabki olti oyi AQSh moliya bozori uchun og'ir keldi. Yo'qotishlar so'nggi yarim asr ichida eng og'iri ekani aytilmoqda. "Nasdaq" 30 foiz, "S&P500" birjasi esa 20 foiz qiymatini boy berdi.

Bu muddat boylar uchun ham jiddiy yo'qotishlar davri bo'ldi. O'tgan olti oy ichida dunyoning eng boy odami Ilon Mask qariyb 62 milliard dollar yo'qotgan. Jef Bezos 63 milliard, Mark Zukerberg esa bor-budining yarmidan ko'pini boy bergan.

Inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik boshlanayotgani haqidagi xavotirlar hamda pandemiya va Ukraina urushi bilan bog'liq ta'minotdagi uzilishlar fond bozorining tarixiy darajada pastga sho'ng'ishiga sabab bo'ldi. Bu nafaqat AQShda, balki dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuz bermoqda.

Yilning qolgan olti oyi haqida ham prognozlar u qadar umidli emas. Ammo shu davrgacha mavjud statistikaga ishonadigan bo'lsak, turg'unlik, bozordagi cho'kishlar vaqtincha va baribir fond bozoridagi narxlar o'sish bo'yicha yana yangi rekordlarni qayd etadi. Agar risklarga tayyor bo'lsangiz va uzoq muddatni investitsiya qilsangiz, hozir aksiyalarni sotib olishning ayni payti.

@bmamadiev
324 views02:57
Ochish/sharhlash
2022-06-25 18:51:53
Конституцияга киритилаётган ўзгартиш ва қўшимчаларда Президент ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш таклиф қилинмоқда.
484 views15:51
Ochish/sharhlash
2022-06-22 22:50:19 Tonirovka haqidagi diskussiya — bu doimgidek hokimiyatlar boʻlinishi haqidagi diskussiya boʻlishi kerak edi, lekin doimgidek unday diskussiya boʻlmayapti.

Tonirovka — boshqa barcha aholidan pul olish turlari va holatlari kabi — hukumatni va ijro oʻrganlarini vakolati va vazifasi emas.

Hozirgi qonunchilikda bu faqat va faqat parlament hal qiladigan vazifa. Qancha turishi, qanday shartlari boʻlishi — bularni barchasi parlamentni vazifasi. Xuddi shunday, deylik haydovchilik guvohnomasi masalasi ham, qonun ishlab chiquvchi oʻrganlarni masalasi — qonun darajasidagi hujjat buni hal qilishi kerak.

Oʻzi eslatma tariqasida — Oʻzbekistondagi barcha soliq va toʻlovlar, davlatga toʻlanadigan har bir tiyiningizni sababi va shartlarini belgilash, faqat va faqat parlamentni vazifasi (buni nomi “soliq”, “patta”, “boj” yoki “jarima” boʻladimi — farqi yoʻq). Parlament oʻz vazifa va vakolatlarini, oʻzi shundoq ham boshqa ishi koʻp boʻlgan hukumat va ijro oʻrganlariga berishi — katta konstitutsiyaviy muammo.

Shuning uchun bu masalani oʻz uyiga parlamentga qaytarish kerak va Ichki Ishlar Vazirligini bunday bosh ogʻriq va muammolardan erkin qilish kerak. Agar millat vakillariga IIVni ekspertiza va mutaxassislari fikri kerak boʻlsa, yoki qiziq boʻlsa, unda ularni ekspertlar sifatida qonun qabul qilayotganda chaqirib fikrlarini bilsa boʻladi. Hukumat qonunga amal qiluvchi organ, ishlab chiquvchi emas. Demak bu masalada soʻz faqat deputatlarda boʻlishi kerak.
576 views19:50
Ochish/sharhlash
2022-04-08 00:10:42 O’zbekistonlik Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isabayev esingizdami? Washington Post nashri urush boshlanganda Umid Isabaev Ukrainada bo’lgani va Putin va Kim Jong Un qiyofadoshlari tomonidan yordam orqali Polshaga qochib o’tgani haqida qiziq maqola tayyorlashibdi.
1.2K views21:10
Ochish/sharhlash
2022-04-03 03:02:26 Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek tuyilayotgandi. Rossiya va Ukraina o’rtasida dastlabki muzokaralar natijasi nisbatan muvaffaqiyatli yakunlangani hamda Ukraina himoya frontida ko’p yutuqlarga erishgani ortidan vaziyat biroz yumshagandek—deeskalatsiya bo’lgandek tuyilgandi. Lekin Rossiya harbiylari biroz ortga chekinar ekan, ular nafaqat Ukraina shahar qishloqlarini vayrona holatda tashlab ketishmoqda, shu bilan birgalikda, juda qo’rqilganidek, tinch aholi vakillarini o’ldirib ketishmoqda. Ukrainining Bucha shahrida Rossiyalik harbiylar oddiy aholi vakillarini qo’llarini bog’lab, ularni qatl etgan holatda ularning uylari oldida va ko’chalarda qoldirib ketishgan(buni tasqidlaydigan dalillar yetarli, lekin ularni ko’rish yurakni ezadi). Katta ehtimol bilan bu holat Ukrainaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. Afsuski, bu ma’nosiz urushning qurbonlari nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari bo’lib qolmoqda. Albatta, bunday harakatlarni umuman oqlab bo’lmaydi va hech qachon unutilmaydi. 21-asrga kelib ham urush balosi hamon mavjudligini o’ylash judayam og’riqli.
1.5K viewsedited  00:02
Ochish/sharhlash
2022-03-06 19:50:32Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada

Rossiyaga qarshi sanksiyalar G’arb davlatlari uchun zararini kamaytirish, ayniqsa neft-gaz bozoridagi bo’lajak tahdidlarni bartaraf etish uchun bu soha sanksiyalar paketiga kiritilmadi. Ya’ni bu soha deyarli avvalgidek ishlashi mumkin ekanligi ta’kidlandi. Lekin har qanday sohada kuzatilayotganidek, neft-gaz sohasidagi yirik G’arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishmoqda. Sansiyalar qo’llanilmagan bo’lsada, bu kompaniyalar o’zlarini-o’zlari sanksiya qilayotgandek. Rossiya “bekor qilish madaniyati (“cancel culture”) qurboniga aylangan birinchi davlat bo’lishi ortidan ushbu kompaniyalar ham oddiy iste’molchilar tomonidan “otmen” bo’lib ketishdan o’zini olib qochishmoqda. Bundan tashqari, investorlar kelajakdagi moliyaviy va siyosiy risklarga darhol javob berishpayti. Rossiya boshlagan urush ushbu kompaniyalarda kim tarafda bo’lish borasidagi ma’naviy-ahloqiy savolni ham ko’taryapti va bu biznes uchun hatto faqat foyda tomonidan o’ylaganda ham muhim savol.

O’zim yashayotgan AQShdagi kichik shaharda urush boshlanishidan avval benzin narxi bir gallonga (3.78 literga) $3.55 atrofida edi. Urushni 2-kuni taxminan $3.85 ga ko’tarildi. Hozir esa $4.15. Umuman olganda, AQShda 1970-yillardagi kabi energiya inqirozi bo’lishidan havotir olishadi va AQSh bunga strategik neft rezervlari uchun bunday holatga o’zini yaxshi tayyorlagan. Rossiyadan AQShga neft importi uncha ko’p ham emas, taxminan umumiy importning 3% ni tashkil qiladi. Lekin dunyo neft bozoridagi avvaldan o’sib borayotgan narxlar va hozirgi tahlikali holat AQShga ta’sir qilmay qolmaydi. Sentabrda AQShda kelganimda yuqoridagi benzin narxi taxminan $3.15 edi va u bugunga kelib 1 dollarga oshdi. Bu bitta sedan mashinaga to’la yoqilg’i quyish taxminan $10 ga qimmatladi degani. Hozirgi kundagi AQShdagi yuqori darajadagi inflatsiyani hisobga olganda va bu saylovchilar ovozlarida o’z aksini topadi deb baholasak, bu o’zgarishlar muhim siyosiy ahamiyatga ega, ayniqsa bu yilgi Kongressga bo’ladigan “mid-term” saylovlar va, garchi gapirishga hozir erta bo’lsada, 2024-yilgi prezident saylovlari uchun.
1.6K views16:50
Ochish/sharhlash
2022-03-04 21:17:03 Sanksiyalar

Sanksiyalar siyosatshunoslik fanida sanksiya qo’llanilgan davlat amaldagi siyosatni o’zgartiradimi degan savol ostida ko’rib chiqiladi. Bunga ko’ra, sansiyalar unchalik muvaffaqiyatli emas. Sanksiyaga uchragan davlatlar ko’p holatda amaldagi siyosatlarini o’zgartirishmaydi. Lekin yana bir muhim savol ham bor: Sanksiyalar kelajakdagi shunga o’xshash sanksiyalanadigan harakatlar sodir bo’lishini oldini oladimi? Bunga javob berish qiyin. Dunyo o’zgardi va Rossiya boshqa davlatni bosib olishga urunish orqali bunday harakatlar uchun pretsedent yaratgandek. Shu bilan birgalikda esa, sanksiyalar nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan ham oddiy aholiga ham Rossiya oligarxlariga ham avval kuzatilmagan bosimlar yuklamoqda. Urush hali davom etyapti va sanksiyalar hali davom etishi mumkin. Biz bularning barchasi qanday tugashini bilmaymiz. Lekin uning natijasi boshqa potensial agressor davlatlar uchun hisob-kitoblarini o’zgartirib yuborishini tasavvur qilish mumkin.
1.1K viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2022-03-01 18:54:55 Putinni yaxshi strateg deb atashni bas qilish kerak

Avtoritar davlatlarda rahbarlar uzoq yillar hukmronlik qilishlari ortidan ularni strategik qarorlar qabul qilishga qobiliyatlari ko’proq degan qarashlar mavjud. Ayniqsa, Putinga o’xshagan rahbarlar boshqaruvda uzoq qolishlarini istab, 8-10 yoki 20 yillik rejalar tuzishadi deydiganlar topiladi. Misol uchun, hozirgi paytdagi Rossiya 2000-yillardagi Rossiya bilan solishtirganda ancha harbiy jihatdan rivojlanganroq ekanligini inkor qilish qiyin. Bundan tashqari, Putinni Qrimni anneksiya qilishi va Suriyadagi harbiy harakatlari ortidan uni hisob-kitobli risk oladigan, samarali strateg deb atashardi. Deyarli har safar kutilgmagan qaror qabul qilib, G’arb davlatlarini hayratda qoldirardi.

Lekin diktatorlarga xos yana bir boshqa xususiyat shuki, ular odatda yolg’izlanib qolishadi. Atroflaridagi uning fikrini ma’qullaydigan bir necha kishinida eshitadigan hamda uni fikriga qarshi fikr bildiradiganlarga yopiq bo’lishadi. O’zlarining ishongan dogmalariga mahkum bo’lib qolishadi. Dunyo ular tasavvur qilganlaridek ishlaydi deb o’ylashadi. Bu deyarli uzoq vaqt hukmronlik qilgan har qanday diktatorga xos. Ular risklarga notog’ri baho bera boshlashadi va oxir-oqibat bir notog’ri qarorni orqasini yopish uchun boshqa undanda yomonroq qaror qabul qilishadi.

Putin Ukraina bo’yicha ikkita katta yaxshi hisob-kitob qilinmagan riskni amalga oshirdi. U Ukraina hozirgidek bardovom va sobitqadamlik bilan qarshilik qilishini kutmagani aniq. Bundan tashqari, G’arb urushdan avval Rossiya masalasi bo’yicha bo’linganini hisobga olib, ular Ukrainaga urush ochilsa bunchalik birlashib ketishlarini kutmagan bo’lsa kerak. Hozir Rossiya agressiyasiga qarshi nafaqat Yevropa, balki deyarli butun dunyo birlashdi. Afsuski, boshqa davlatlarning Rossiyaga nisbatan qahri Rossiya hukumati va unga yaqin doiralar bilan cheklanmaydi. Oddiy Rus xalqi buning aziyatini yillar davomida nafaqat o’z yurtida, balki chet elda ham his etishi turgan gap. Ushbu oqibatlarni ayniqsa “bekor qilish madaniyati (cancel culture) paytida oldindan taxmin qila bilmaslik– bu katta xato.

Lekin Putin yaxshi strateg emasligiga boshqa strategik xatolari dalolat beradi. Rossiya Ukrainaga hujum qilishi oqibatida bosib olishdan ko’zlangan strategik ikkita maqsad–NATOni Rossiya tomon yaqinlashishini cheklash va Ukraina demokratik davlat o’laroq Yevropa Ittifoqiga qo’shilishini oldini olish—aksincha trayektoriga ega bo’ladigan ko’rinadi. Rossiya hujumi natijasida endi NATO Boltiq bo’yi davlatlari harbiy himoya tizimi kuchaytiradi. NATOga a’zo bo’lmagan boshqa Yevropa davlatlari ham NATOga kirishga harakat qiladi, Umumiy olganda, Rossiya hujumi NATO nima uchun mavjud bo’lishi kerakligini isbotlab berdi. Ukrainaning demokratik davlatga aylanishi va keyinchalik Yevropa Ittifoqiga qo’shilishi– agar Rossiya bosqinidan omon qolsa (shunday bo’lsin) – ehtimoli oshadi. Ukrainada Rossiya siyosatini yoqlaydigan siyosiy kuchning shakllanishi esa endi juda qiyin. Garchi vaqt oliy hakam bo’lsada, Putinning Ukrainaga hujumi strategik xato ekanligini hozircha ko’pchilik tushunib yetdi. O’zi shuni tushunib yetsa edi. Putin endi urush qanday ketishiga qarab boshqa notog’ri hisob-kitob qilingan risklarni olishi va noratsional bo’lgan qaror qabul qilishidan ajablanmaslik kerak. Qayerdadir o’qigandim: “strategiyaning asosi nima qilmaslikni anglab yetish”. Putin urushni to’xtatishi boshqa muqobil variantlarni o’ylaganda o’zining hukmronligi davomiyligi uchun ham ratsional qaror bo’lardi.
3.8K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2022-02-17 11:23:57 Siyosatshunoslikda eng nufuzli jurnallardan biri hisoblangan APSR da ko’p muhokamalarga sabab bo’lgan maqola e’lon qilindi. U maqolaga ko’ra, pandemiya kabi favqulotda holatlarda ya’ni jamiyat xavfsizligiga zarar yetishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan demokratik va inson huquqlarga mos bo’lmagan qarorlar ham legitim hisoblanishi mumkin. Maqola muallifiga ko’ra, iqlim o’zgarishi kelajakda Covid pandemiyasidan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishini hisobga olganda davlatlar tomonidan avtoritar ko’rinishdagi legitim bo’lgan ko’plab qarorlarni kutushimiz mumkin. Bu fikrlar siyosatshunoslar o’rtasida katta bahslarga va mish-mishlarga sabab bo’ldi.

Bir tomondan olib qaraganda, siyosiy legitimlilikning manbayi bu demokratiya ya’ni odamlar huquqlarni buzmagan holda, umumiy e’tirof etilgan normalar asosida qabul qilingan qarorlar hisoblanadi. Pandemiya tufayli demokratik davlatlarda ham insonlarning birlamchi ehtiyojlariga ma’lum cheklovlar o’rnatildi. Erkin harakat qilish va to’planishni cheklash, maska majburiyligi va hozirgi kundagi vaksina mandatlari ham shular jumlasidan. Bu qarorlar jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingani ortidan ularni legitimligi ma’lum darajada ta’minlandi. Garchi ba’zi qarorlarga haligacha yetarlicha qarshiliklar bo’lib kelmoqda.

Lekin ikkinchi tomondan esa demokratik legitimlilik juda muhim qadriyat va uni buzilishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Davlat pandemiya kabi favqulotda vaziyatlarda eng samarali qaror qabul qila olishga asosli shubhalar mavjud. Masalan, dastlab maska taqish kerak emas deyishdi, keyinchalik taqishni shart qilishdi va qisman bu cheklovni yengillashtirishdi. To’g’ri, AQShda umumilliy maska mandatini qo’llashga erisha olishmadi, lekin imkon topishsa qilishardi. Shunday holatlarda davlatning avtoritar qarorlar qabul qilishi chegarasini kim belgilaydi? Albatta, nazariy jihatdan sudlar bunday vazifalarni amalga oshirishadi, lekin ularning ham vakolati va resusrlari ma’lum daraja cheklangan va sud jarayonlari uzoq vaqt olishi mumkin. Davlat avtoritar choralarga o’tishdan avval aholiga tushuntirish va ularni ixtiyoriy tarzda bu qarorlarga amal qilishga ko’ndirishlari kerak. Bu davlatga ishonch pasaygan paytda demokratik davlatlar uchun mushkul masala, lekin bundan boshqacha yo’l demokratik emas.

Bundan tashqari, pandemiya kabi favqulotda vaziyatlar ham to’laligicha jamiyat xavfsizligi masalasi emas. Bunday masalalar ancha siyosiy ko’rinish olishi mumkin va boshqa masalalar prizmasidan ko’rish mumkin. Iqlim o’zgarishi ham shunday siyosiylashgan masalalardan biri. AQShda iqlim o’zgarishi muammosining ko’lami ham, uning yechimi ham o’ta bahsli hamda uni tenglizlik va irq masalalariga ham bog’lashadi. Ya’ni iqlim o’zgarishini favqulotda vaziyat sifatida e’lon qilib, avtokratik qarorlar qabul qilish hukumat tepasidagi siyosatchilarni manfaatdor qiladi va ko’proq bo’linishga sabab bo’lishi mumkin. Siyosatchilar keyinchalik har qanday katta muammoni favqulotda holat deb atab, avtokratik qarorlar qabul qilishlaridan kim ushlab qoladi ularni? Siyosiy legitimlilikning asosiy vazifasi esa qarorlarni ko’pchilik tomonidan ma’qullanishi hamda jarayon qonun va umum qabul qilingan normalarga amal qilishi hisoblanadi. Avtoritar qarorlar legitimlilikning ta’minlanishi esa demokratiyaning eng muhim asosini yemirishi mumkin.
8.5K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash