Get Mystery Box with random crypto!

для себя

Telegram kanalining logotibi ikkinchi_xonam — для себя Д
Telegram kanalining logotibi ikkinchi_xonam — для себя
Kanal manzili: @ikkinchi_xonam
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

ссылка занят булиб туришдан бошка максадда куйилмаган

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-10 01:03:14 Qarang o'zi nimam qoldi?
Ayting yana nima qilayin?
Nima qilsam sizga yoqaman?
Yana qancha yaxshi bo'layin?

Yaxshilikda chegara bormi?
Yana qancha yaxshilik kerak?
Ro'yxat yozing, ruchkangiz bormi?
Tugab qolsa beraman varaq.

Yaxshilik-ku, yaxshii, bilaman...
Faqat xozir modadan qolgan.
Yaxshi ishlar doim qilaman.
Maqtovini boshqalar olgan.

Menga aslo maqtov kerakmas,
Gapirmang, jim, bo'ldi, yetar, bas!
Bir yaxshi ish qilsam ham, so'kib,
Tayyorlaysiz men uchun qafas.

Nima bo'ldi? Tiqildi? Nafasingiz?
Ayting, tushunmayman, hali bolaman.
Iyye, anaku, o'sha qafasingiz,
Bunaqa qafasda yaxshi o'laman.

Endi yaxshi odam bo'larman balki,
Nafas olsam maylimi? ozgina bir oz?
Aytsangiz bas endi, so'zsiz qilaman.
Faqat o'zimdan ham so'rang iltimos.

Mr No One
10.01.2023
126 views22:03
Ochish/sharhlash
2023-01-09 20:00:38
144 views17:00
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:54:44 Янгамни ден рожденияси келяпти, нима совга килсам булади халк?
155 views10:54
Ochish/sharhlash
2023-01-08 17:50:04 Shubha qilmang meni sevgimga,
Gumonlardan ozor tuyaman.
Yuragimni ochmay hech kimga,
Men shunaqa, so‘zsiz suyaman.

Shubha qilmang, o‘ylamang bedil,
Bilmaysiz-da, ko‘nglim qatini.
Minglab inson mana shu zayil,
Bekitadi muhabbatini.

Shubha qilmang, sevgi soxta deb,
Ishqi mos deb faqat sheriga.
Ko‘mdim sevgim avaylab, asrab,
Yuragimning chuqur yeriga.

Shubha qilmang tuyg‘ularimga,
Hijronlarda to‘kilgan yoshim.
Toshlar otmang, ko‘ngli yarimga,
Malomatda qoldirmang boshim.

Shubha qilmang, qochmasin iymon,
Nigohlarim ichchikkani rost.
Yoningizda yo‘qman yorijon,
Yodingizda yashadim xolos.

Shubha qilmang, yillar va yo‘llar,
Demang, bizga vafo qilmaydi.
Yurakdagi orzumand gullar,
Ikkimizdan o‘zga bilmaydi.

Shubha qilmang, shubhalar bekor,
Biling, vafo guli bizgadir.
Aytayapman, pichirlab takror,
Mening ishqim faqat sizgadir.

Shubha qilmang meni sevgimga.
186 views14:50
Ochish/sharhlash
2023-01-08 15:07:31 Мухаммад Юсуфни Лолакизгалдок шеърини матнини ташлаб беринглар, бирор кимда булса..
184 views12:07
Ochish/sharhlash
2023-01-08 13:17:11
174 views10:17
Ochish/sharhlash
2023-01-08 12:50:21 Кайфиятим ёмон пайтларда мени кулдиролганлар, сизлар ТОПсизлар
176 views09:50
Ochish/sharhlash
2023-01-08 11:49:15
Qorong'u kun, yomg'irda,
Suv qirg'og'i parishon
Gulhan yoqgin sohilda
O'chmasligiga ishon

Mr No One.
161 views08:49
Ochish/sharhlash
2023-01-08 10:54:45 Тўлар эмиш булутга осмон,
Қиличини қайраб қаҳратон,
Ўзингизни асранг, қадрдон,
Совуқ кунлар келаётганмиш.

Уйингизни иситсин меҳр,
Қордек эриб тугасин қаҳр.
Узоқлардан бизга негадир,
Совуқ кунлар келаётганмиш.

Ёмон кунлар ўтар бегумон,
Кўнглингизни чўктирманг бир он,
Омон бўлинг, ҳамиша омон,
Совуқ кунлар келаётганмиш.

Танимиз соғ, шу ҳам етарли,
Бор синовлар меҳмон кетарли.
Бу муаммо эмас айтарли,
Совуқ кунлар келаётганмиш.

Уч-тўрт кунга ҳеч нарса эмас,
Кийим кийнг совуқ кунга мос,
Аллоҳ бизни асраб турса бас!
Совуқ кунлар келаётганмиш.

Ишонаман, қайноқ юрак сиз.
Юрсам замин, учсам, фалаксиз,
Сиз менга соғ-омон кераксиз!
Совуқ кунлар келаётганмиш...

Малика Тавфиқ
162 views07:54
Ochish/sharhlash