Get Mystery Box with random crypto!

Shubha qilmang meni sevgimga, Gumonlardan ozor tuyaman. Yuragi | для себя

Shubha qilmang meni sevgimga,
Gumonlardan ozor tuyaman.
Yuragimni ochmay hech kimga,
Men shunaqa, so‘zsiz suyaman.

Shubha qilmang, o‘ylamang bedil,
Bilmaysiz-da, ko‘nglim qatini.
Minglab inson mana shu zayil,
Bekitadi muhabbatini.

Shubha qilmang, sevgi soxta deb,
Ishqi mos deb faqat sheriga.
Ko‘mdim sevgim avaylab, asrab,
Yuragimning chuqur yeriga.

Shubha qilmang tuyg‘ularimga,
Hijronlarda to‘kilgan yoshim.
Toshlar otmang, ko‘ngli yarimga,
Malomatda qoldirmang boshim.

Shubha qilmang, qochmasin iymon,
Nigohlarim ichchikkani rost.
Yoningizda yo‘qman yorijon,
Yodingizda yashadim xolos.

Shubha qilmang, yillar va yo‘llar,
Demang, bizga vafo qilmaydi.
Yurakdagi orzumand gullar,
Ikkimizdan o‘zga bilmaydi.

Shubha qilmang, shubhalar bekor,
Biling, vafo guli bizgadir.
Aytayapman, pichirlab takror,
Mening ishqim faqat sizgadir.

Shubha qilmang meni sevgimga.