Get Mystery Box with random crypto!

Qo'llab-quvvatlashning ayni vaqti! Birlashaylik! Fownder loyi | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Qo'llab-quvvatlashning ayni vaqti! Birlashaylik!

Fownder loyihasi doirasida biz startup loyiha amalga oshirmoqchi bo'lgan, o'z g'oyasini qanday amalga oshirish va nimadan boshlash kerakligini bilmayotgan istalgan yosh toifasidagi insonlarni birlashtirishni va qo'ldan kelgancha yordam berishni maqsad qilganmiz.

Loyihani birinchi bosqichini boshlash uchun, @fownder oilasini 500 a'zoga yetkazishimiz kerak.

Birinchi bosqichda:
- G'oyasi bor bo'lgan 3 ta inson tanlab olinadi.
- Ular bilan nazariy, amaliy barcha ishlar olib boriladi. Dasturiy ta'minot bo'yicha dasturchilar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, mijozlar bilan suhbatlashish, jamoa yig'ish, mvp tayyorlash va albatta Elevator pitch uchun tayyorgarlik.

Bundan tashqari, kun davomida @fownder sahifasida, startuplar va ularni amalga oshirish uchun kerak bo'ladigan bilimlar ulashib boriladi.

Bu hali hammasi emas, sizda g'oya bo'lsa @fownder_bot dan anketa to'ldiring va biz uni @fownder sahifasida e'lon qilib beramiz. Loyihangiz uchun kerakli jamoa va sheriklarni to'plashga yordam beramiz. Albatta buning uchun o'zingiz atrofingizdagi do'stlaringiz va yaqinlaringizni taklif qiling. Qaysi sohada ekanliklarini farqi yo'q, g'oya bormi uni amalga oshirib sinab ko'rmaguncha nima bo'lishini bilmaymiz. Shunday ekan, o'rganing va amalga oshiring (learn and execute)

@fownder