Get Mystery Box with random crypto!

Nega Startup g'oyangizni boshqalarga aytishingiz kerak va buni | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Nega Startup g'oyangizni boshqalarga aytishingiz kerak va buni qanday amalga oshirish to'g'ri bo'ladi.

G'oyangizni boshqalarga aytishdagi birinchi qo'rquvingiz albatta ular bu g'oyani o'g'irlab ketishlari mumkinligi. Bu qo'rquv barchada bor va bu qisman to'g'ri.

Shuni aytish mumkinki, hayotimiz davomida sodir bo'ladigan ko'pgina muhim voqealar qandaydur xavfga ega bo'ladi. Ya'ni siz biron nimaga erishishingiz uchun o'sha xavfni yengib o'tishingiz kerak. Biron loyiha boshlash va unda asoschi bo'lish uchun ham siz yetarlicha "risktaker" bo'lishingiz kerak.

Nega Startup g'oyangizni boshqalarga aytishingiz kerak?

1. Qanchalik erta siz g'oyangiz uchun kerakli va foydali fikrlarni to'play olsangiz, shunga ko'ra uni amalga oshirish bosqichlari aniqlashib boraveradi. Bu sizni vaqtingiz va moddiy imkoniyatlaringizni tejaydi.

2. Turli xil insonlardan turfa fikrlarni olishingiz mumkin bo'ladi. Siz ularning barcha fikrlariga qo'shilmasangiz ham, ular aytayotgan gaplardan qo'shimcha g'oyalar shakllantirishingiz mumkin bo'ladi.

3. Ba'zi odamlar shunchaki sizdan ko'chirishni istamaydi. Ularga sizni g'oyangizni ahamiyati yo'q. Siz ko'rayotgan tomonlarini ko'rmasligi mumkin.
Siz aytayotgan sohaga qiziqmasligi ham mumkin. Shuning uchun ulardan fikr olish zarar qilmaydi.

4. Eng kuchli argument. Agar siz bu g'oyani boshqalarga qaraganda ko'proq bilsangiz, loyihaga mehringiz bo'lsa, unga o'z farzandingizdek muomalada bo'lsangiz kim bu loyihani sizdan yaxshiroq qila oladi?
Bu sferani, bu biznesni sizdan yaxshi biladigan odam bo'lmasa qo'rqmasangiz ham bo'ladi. Agar bu ishonch o'zingizda bo'lmasa, boshqalardan nima kutyapsiz?

Agar hali ham qo'rqayotgan bo'lsangiz, keling sizlarga bir ikki ko'rsatmalar beraman.

Loyihangizni hech kimga aytmasdan uni amalga oshira olmaysiz, chunki siz loyihaga jamoa a'zolarini to'plashingiz kerakli mutaxassis va sheriklarni jalb qilishingiz kerak. Buning uchun g'oyani aytishingiz kerak bo'ladi.

1. Loyihani aytayotganda to'liqligicha barcha biznes rejangiz va maqsadlaringizni aytmang. Muammo va unga siz nimalar o'ylaganingizni qisqacha tushuntirib berishga harakat qiling. G'oyangizni tushuntirib berish uchun eng kamida nimalar kerak bo'lsa shularni ayting halos.

2. G'oyani duch kelgan insonga aytmang, faqatgina sizga to'g'ri fikr va yo'nalish bera oladigan tanishlarga ayting. Imkoni bo'lsa ushbu kategoriyalardan birida bo'lsin siz tanlagan inson: Tadbirkor, investor yoki biznes expert. U sizga biznes modelingiz bo'yicha to'g'ri yo'nalish bera olsin. Ikkinchi kategoriya esa, bu shu muammoga uchragan odamlar aytaylik sizni mijozlaringiz. Shunday insonlar bilan suhbatlashing.

3. O'zingiz uchun foydali deb bilgan insonlarga yaqinlashing, guruhlar tashkil eting va fikr almashing. Bu sizga loyihangiz haqida kengroq o'ylashga yordam beradi.

@fownder