Get Mystery Box with random crypto!

Hash-pash deguncha kurslarni ham tamomladik, IT ni ham o'rgani | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Hash-pash deguncha kurslarni ham tamomladik, IT ni ham o'rganib oldik endi o'z g'oyalarim ustida ishlashni boshlayman deb turgan Fownderlar bormi!

Agar sizni g'oyalaringizni amalga oshirishda sherik, hamkor, dasturchi, dizayner kabi soha vakillari kerak bo'lsa, birga ishlashning, birlashishning ayni vaqti.

Startuplarda jamoa va kerakli odamlarni to'plash juda muhim. Statistika bo'yicha 2 asoschidan tashkil topgan va muvaffaqiyatga erishgan startuplar 47.5% tashkil qiladi. Bu albatta eng kam asoschilarga ega startuplar. Hozirgi kunda 3 dan 5 ta asoschigacha bo'lgan startup jamoalarga ideal jamoa sifatida qarashmoqda.

Bunga qo'shimcha ravishda startuplarni amalga oshirish bo'yicha yo'riqnomalar, maslahatlar va albatta foydali suhbatlar ham bo'ladi.

P.S: Bir qancha amalga oshirilishi mumkin bo'lgan g'oyalarni ham yuklab borishga harakat qilamiz. Balki bu g'oyalarni siz amalga oshirarsiz, a labbay nima dedingiz?

@fownder