Get Mystery Box with random crypto!

Bismillahir rohmanir rohiym. Fownder (Asoschi) loyihasi. Loyi | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Bismillahir rohmanir rohiym.

Fownder (Asoschi) loyihasi. Loyihaning asosiy maqsadi bir maqsadga ega bo'lgan yoshlarni, tadbirkorlarni, asoschilarni bir joyga to'plashdan iborat.

Hozirgi kunda IT va dasturlash deyarli barcha sohalarga kirib kelmoqda. Kelajakda aynan shu soha orqali insonlar hayoti yaxshilanishi, katta muammolar yechim topishi tahmin qilinyapti.

Atrofimizga nazar solsak, hozirda istalgan ichi yonib turgan , yangilikka o'ch bo'lgan va yaxshi g'oyaga ega yoshlar soni ortib bormoqda. Albatta bu g'oyalarni bir o'zi amalga oshira olmaydi. Bu yo'lda unga yaxshi hamroh bo'la oladigan do'stlar kerak.

Sizda g'oya bo'lsa va shu g'oyani loyiha (startup) ko'rinishida amalga oshirish uchun sheriklar izlayotgan bo'lsangiz, to'g'ri manzilga keldingiz.

Hozirgi kunda o'quv markazlarini bitirayotgan, dasturlashdagi birinchi qadamlarini qo'yayotgan talabalar, o'quvchilar juda ko'p. Xuddi shu ko'rinishda, loyiha qilaman degan o'z g'oyalariga ega bo'lgan yoshlar ham talaygina. Demak bu loyihamizning asosiy maqsadi g'oya mualliflari va shu g'oyani amalga oshirishi mumkin bo'lgan insonlarni uchrashtirishdan iborat.

Qo'shimchasiga loyihalarni amalga oshirish va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar haqida bir qancha qiziqarli suhbatlar va postlar ulashib boriladi.

Sizni shu manzilda kutamiz, do'stim: @fownder

Ha aytgancha, do'stlaringizni taklif qilishni ham unutmang!