Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaa_zavqi #alhamdulillah Oxirgi ikki kun tinch, kimsasi | Tasmiya

#mutolaa_zavqi
#alhamdulillah

Oxirgi ikki kun tinch, kimsasiz joy qidirdim. Boshlagan asarimni tezroq oʻqish uchun! Negaki, bu asarda yashadim, ich ichimdan asarni his qildim. Agar oʻqiyotgan asaringizda "yashamasangiz" vaqtingiz behuda oʻtgandek boʻladi.

Qisqa qilib aytsam, asarni oʻqish davomida asar qahramoni Maryam bilan oʻzimni solishtirdim, oʻzimni yomon koʻrishga ham ulgurdim. Tugʻulishidan oldinoq Alloh yoʻliga baxshida qilingan umrini, kun-u tunlarini faqat ilm olish, Allohning zikri bilan oʻtkazishini barcha barchasini nuqta, verguligacha hayajon, entikish bilan oʻqidim. Ham ruhan, ham maʼnan, jisman tarbiyalovchi asar boʻlibdi. Ichimdagi hislarni soʻzlar bilan taʼriflab bera olmayabman goʻyoki, vaqtingizni ayamasdan oʻqib koʻring afsus qilmaysiz.

Qalbingiz, ruhingiz va jismingiz islohi uchun oʻqing!

Kitob uchun tashakkur @azizmalikovs

@Husnora_Axadova