Get Mystery Box with random crypto!

Gender tengligini qanday tushunish kerak? Qisqacha: O‘zbekis | Tasmiya

Gender tengligini qanday tushunish kerak?

Qisqacha: O‘zbekistonda olib borilayotgan gender siyosatini qo‘llab-quvvatlamayman
.

Aslida gender tengligi termini iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy imkoniyatlarga insonlarning jinsidan qat’iy nazar teng imkoniyat berilishini ifodalashi lozim. Ularning shunchaki teng bo‘lishi muhim emas, balki jinsi tufali biror haqidan mahrum etilmasligiga urg‘u beraman.

Jamiyatda hokimiyatni egallashda va ta’sir doiralarning bo‘linishida jinsiy tenglikni yaratish ayollarni shunchaki ko‘paytirish shart emas. Ularga imkoniyat yaratish, jinsiy kamsitishning barcha ko‘rinishiga barham berish kerak, bo‘ldi.

Oila, ta’lim maskani, ish o‘rni va media bu masalada yakdil bo‘lishi darkor. Shu bilan birga, ayolning ishlamaslik, konservativ yashash huquqi olabo‘ji ko‘rsatilmasligi kerak. Bir tanishim aytgandi: Islomiy oiladagi ayollarning o‘rni va ehtiromi barcha oilada bo‘lganda Gʻarb davlatlari feminizm haqida bong urmasdi.

Ko‘plab muslimalar ham o‘qib, katta lavozimlarda ishlashni istaydi, ammo ularning rivojlanishi uchun (oddiy) e’tiqodini saqlab qola oladigan ish sharoiti (work ethic) ham yo‘q. Bu ham gender tengligini yo‘qqa chiqaradi.

Mamlakatda faqat liberal qarashli, progressiv ayollar uchun yo‘l ochilishi, konservativ (yaxshi ma’noda) va dindor qatlamning huquqlariga qo‘yilgan cheklovlar hech qachon gender tengligini ta’minlay olmaydi.

Alisher Ro'zioxunov

@Husnora_Axadova