Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Tabassum
Эркаклар
Iqtibos
Izhor
Muammo
Oila
Савол
Shunchaki
Muhabbat
All tags
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Tabassum
Эркаклар
Iqtibos
Izhor
Muammo
Oila
Савол
Shunchaki
Muhabbat
All tags
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.16K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Asoschi: @GiyosiddinYusuf
Savollar uchun: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-28 06:00:01
Dam olish kunini qanday o'tkazishni oldindan rejalashtirib oling. Shunda u mazmunli o'tish ehtimoli oshadi. Masalan, biror joyga oilaviy sayrga chiqish, istirohat bog'iga borish yoki qarindoshlar ziyoratiga borish mumkin. Juftingiz bilan hammasini aniq qilib kelishib oling.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.4K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-06-27 18:00:06
Otaning qadrini ota boʻlgandan keyin bilmaslik uchun nima qilish kerak?

Hozir ota-onangiz yonidadirsiz. Har doim sizga yaxshilikni ilinganlaringiz ozgina sizga tanbeh berishsa, xafa boʻlasizmi?

Yuqoridagi hayotiy ibratli voqeadan oʻzingiz uchun xulosa chiqaring, tadabbur qiling va ulashing.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-06-27 15:30:01
Nomus faqat ayollar uchun kerak bo'lganda Yusuf alayhissalom qochmas edilar!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-06-27 10:30:00
Farzandimning sogʻligi muhim emasmi?

#Savol: Assalomu alaykum, hozir qiyin vaziyatdaman, erim urganligi sababli oyimning uyidaman. Bir nafar qiz farzandim bor, oʻzim institut talabasiman, 4-kursni bitiryapman. Bolamni mazasi boʻlmay doktorga olib boring deganim uchun erim urdilar. Uydagilari ozroq kamsuqum oila, kamroq xarajat boʻlsin deydi qaynotam, shunga nima qilishimni bilmayapman, maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmush o'rtog'ingiz bilan aloqa o'rnatib, uyga qaytishga, yarashishga harakat qiling. Albatta, uning urishi, bolasining sog'lig'iga bee'tibor bo'lishi juda noto'g'ri, lekin shuning uchun ajrashib ketmang. Yaxshi gap bilan ko'nglini topib, bu narsalarni tushuntirishga harakat qilish kerak.

Birgalikda oilaga doir ilmlarni o'rganishga, yaxshi oilalar bilan bordi-keldi qilishga harakat qilinglar.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-06-27 08:30:01 FARZANDLARINGIZ BILAN BOG‘LIQ MUHIM BESHTA HIMOYA QOBIG‘I

• Hech kimga farzandlaringiz haqida uning yonida, salbiy (критика) tanqid qilishiga ruxsat bermang.

• O‘qituvchilar hammani yonida farzandingiz haqida sizga ma’lumot bermasligini so‘rang. Alohida ma’lumot oling.

• Ko‘cha-ko'yda begonalar farzandingizga tegib erkalashiga ruxsat bermang!

• Hech qachon farzandlaringizni “Amaki, xola urushib beradi” deb qo‘rqitmang.

• Farzandlaringiz haqida boshqalarga gapirib bermang, xossatan, muhim mavzu bo‘lsa.

Psk. R.Şimşek

Shu yuqoridagi beshta narsani sizga qilinganini tasavvur qiling..
Yosh bola bo‘lsa, hamma narsa mumkinmi?

Ruvayha tarjimasi

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-06-27 06:00:01
— Azizim, bugun sizga syurprizim bor!
— Qanday syurpriz ekan?
— Bugun umuman xato qilmayman, sizni xafa qilmayman.
— Shuning uchun jim o'tirgan ekansan-da!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.9K viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash
2024-06-26 18:00:07
Telefonni tekshirish rashkmi yoki shubha?

Ayol kishi erini yaxshi koʻradi, yaxshi koʻrgani uchun rashk ham qiladi.

Ammo erkak kishi uni yaxshi koʻrgan ayolini yoqtiradi, erkakning har bir ishini surishtiradigan ayolni emas.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-06-26 15:30:01
Nafaqat yuragimda, balki xayolimning bir chetida ham sendan o'zgasiga zig'ircha joy yo'q!

#izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-06-26 10:30:00
Uchrashuvdagi vaʼdaning bajarilishini qanday bilsa boʻladi?

#Savol: Assalomu alaykum. Uchrashuvga chiqqan qizga uylanish maqsadida kuyov bola qiz aytgan shartlarni barchasiga xoʻp desa-yu, toʻydan keyin uni bajarish yoki bajarmasligini qanday bilsa boʻladi. Nima deb oʻylaysiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Uchrashuvning o'zida uning va'daboz ekani yoki vafodor ekanini aniq bilib bo'lmaydi, albatta. Ba'zi odamlar hatto qasam ichib, so'ng gapidan tonadi. Shuning uchun uni surishtirish orqali bilishga harakat qilish kerak — va'dabozmi, vafodormi. Shu bilan birga, bajarish qiyin narsalarga va'da olish kerakmas. O'zingiz ham va'dasiga turishiga shubha qilyapsiz. Juda muhim masalalarda va'dalashishga hojat bo'lsa, mayli.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-06-26 06:00:03
Agar erkak kishi tinimsiz noliydigan bo'lsa, unda ayollarga xos xarakter shakllangan ekan. Bunga sabab otasiz (otasidan yiroqda), nuqul ayollar suhbatiga quloq solib o'sgani sabab bo'lishi mumkin.

#Erkaklar #psixologiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views03:00
Ochish/sharhlash