Get Mystery Box with random crypto!

Rivojlanish Shaxsiy rivojlanish faqatgina o‘qib o‘rganishda e | A. YUSUPOV

Rivojlanish

Shaxsiy rivojlanish faqatgina o‘qib o‘rganishda emas, chunki mantiq ham faqat bilimda emas, mantiq bilimni hayotda tatbiq qila olishda.

1. Amaliy rivojlanish bu bilganiga amal qila olish. 100 ni bilib 50 ga amal qiladigan insondan ko‘ra 80 bilib 60 ga amal qilgan kuchliroq.

2. Eng mustahkam bilim – bu ehtiyojimiz bo‘lgan bilim, ehtiyoj esa amaliyotdan kelib chiqadi.

3. Odamlar o‘qishadi, lekin hayotlarida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi, bunga sabab amaliy qo‘llash murakkab. Bunga qo‘rquv sabab, qo‘rquv esa komfort zonaning torligida.

4. Komfortdan chiqish qiyin, chunki bu biz uchun qiyinroq hayotga yo‘liqtiradi. Odamlar bir xil ishda yillab ishlashiga, rahbarlar yangi tizimlarga urinib ko‘rmasligiga, javobgarlikdan qochishiga sabab komfortdan chiqish.

5. Qo‘rquvni yengish sen qo‘rqadigan ishlarga urinib ko‘rishdan bo‘ladi. O‘zing uchun katta deb bilgan ishga urinib ko‘r, aynan biznes boshlash emas, bu har sohada bo‘lishi mumkin.

6. Biror ishga qodir yoki qodir emasligingni urinib ko‘rmaguncha bilmaysan. Xato qilish, og‘ir va xavfli, lekin 35 yoshingdagidek emas. Xatolar qilish vaqti hozir, keyin emas!

7. Rivojlanish bu qo‘rquvni yengishdan boshlanadi, jasoratli bo‘lib borasan, o‘zing uchun katta deb bilgan ishlar normal tuyula boshlaydi. Shunda o‘sayotganingni his qilasan.

8. Menda eng katta o‘zgarishlar, rivojlanish bo‘lgan vaqt bu ko‘p o‘qigan vaqtim emas, balki o‘zim uchun katta bo‘lgan ishlarga urinib ko‘rganimda sodir bo‘lgan, hayotimdagi katta burilishlar ham)

Cho‘kishdan qo‘rqqan hech qachon suzishni o‘rgana olmaydi, suzishni bilmagan albatta cho‘kadi.

Abduqodir Yusupov fikri:
@hayotiy_galaba