Get Mystery Box with random crypto!

#kutilgan_mavzu Sevgi yoki Muhabbat. Dunyoda sevgi yo'q, muh | A. YUSUPOV

#kutilgan_mavzu

Sevgi yoki Muhabbat.

Dunyoda sevgi yo'q, muhabbat bor. Chunki sevgan inson sevganining chiroyi, puli, mansabi, uy-joyi yoki shunchaki vaqt o'tkazish uchun sevadi (nafs uchun). Lekin muhabbatda aksincha unda asrash, avaylash, ardoqlash, yoqtirish va xurmat degan tuyg'u bo'ladi. Lekin bu degani sevmang degani emas, shunchaki unga muhabbatni qo'shing, qadrini biling.

Ya'ni muhabbatda Alloh yaratgan xulq-atvorni sevadi, xilqatni sevadi. Uni boricha qabul qiladi. Ardoqlaydi va hurmat qiladi bu sof tuyg'uga nafs tushunchasi mutlaqo zid. Muhabbat avvalo Allohga va Rasuliga ana undan keyin ota-ona va ustozlarga ana undan keyin boshqalarga bo'ladi.

Shunchaki sevgi bu yo'q, uning o'rnida ko'nikish bor. Muhabbatning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Ana shu narsa sizni bamdodga uyg'otadi va xidoyat qiladi.
Agarda siz sevgan insonizdan xidoyat topayotgan bo'lsangiz sizni haqiqatda muhabbat ila sevishadi.

Qo'shimcha: Dunyoda 3-xil tuyg'uni yolg'oni bo'lmaydi. Bular namozdagi huzu va huzur. Keyingisi ota-ona va ustoz beradigan tarbiya va mexrni, eng oxirgisi esa muhabbatni.

Sevgi yo'q ko'nikish bor. Muhabbat esa beqiyos tuyg'u.

Sevsangiz muhabbat ila seving va seviling.

Abduqodir Yusupov fikri.
@hayotiy_galaba