Get Mystery Box with random crypto!

Doʻst Doʻstlik bu – bir qalbning ikki tanada mavjudligidir. | A. YUSUPOV

Doʻst

Doʻstlik bu – bir qalbning ikki tanada mavjudligidir.
Aristotel

Biz doʻst deb yurgan, ogʻir vaqtlarimizda suyana olamiz deb bilgan, yaqinlarimiz qiynalganimizda, boshimizga ish tushganda, asl yuzlarini koʻrsatadilar. Pulimiz koʻp boʻlganida qadrdon boʻlib, omad yuz oʻgirganida esa qoralarini oʻchiradilar.

Hozirgi zamonda halol, mard, ishonchga loyiq odamlar kamayib ketgan. Kim doʻst, kim dushman, bilish qiyin, hamma maskada gaplashadi.

Sen ogʻir vaqtlarida yordam bergan doʻstlaring, senga yordam kerak boʻlganida bahonalar bilan oʻzlarini olib qochishadi. Senda ham shunday boʻlganmi?

Agar javobing “ha” boʻlsa bu post sen uchun!

Bu kabi gaplarni koʻp eshitganmiz, mediada, kinolarda, kitoblarda, biz ishongimiz keladigan alamli satrlar. Insonda jabrdiydalik hissi boʻladi, qiyin damlarda bu his ortadi. Odamlar oʻzgarmagan boʻladi, faqat biz qiynalgan vaqt ularning salbiy jihatlariga koʻproq e’tibor beramiz. Sadoqatdan koʻra xiyonatga ishongimiz keladi, sababi esimizni taniganimizdan beri qulogʻimizga faqat shunday hikoyalar chalingan.

Qaysidir doʻstingiz siz kutgandek boʻlmasa, bu siz u bilan mustahkam doʻstlik rishtalari qura olmagansiz degani. Siz ham qachondir bilib bilmay uni unutgansiz.

Agar “men unga ogʻir damlarida yordam berganman” desangiz, demak yordamdan manfaatinggiz boʻlgan. Haqiqiy doʻst bergan yordamini eslab yurmaydi, minnat ham qilmaydi, unutadi.

Odamlar doʻstlaridan bir-ikki xatolari sabab kechib yuborishadi, goʻyo adolatsizlik qurboni boʻlgandek. Agar akangiz shunday qilsa akangizdan kecharmidingiz? Yoʻq, chunki qondoshingiz, tushunishga harakat qilar edingiz.

Doʻstlarimiz ogʻir damlarimizda uzoqlashgani, bu biz oʻzimiz uzoqlashganimizdan dalolat. Rostdan ham nomard doʻstlar boʻlishi mumkin, lekin sen kim boʻlsang, doʻsting ham oʻsha.

Menda ham doʻstlarim yonimda boʻlmaydigan vaqtlar boʻladi, lekin bunda ularni ayblab oʻzimni oqlamayman. Xatolarimni qidirib, ular bilan mustahkam aloqa qurishga harakat qilaman. Sizga ham shuni maslahat bergan boʻlar edim. (TEKINGA)

Abduqodir Yusupov fikri:
@hayotiy_galaba