Get Mystery Box with random crypto!

Bezor bo'ldim. Nomi inson xulqi hayvonlardin, Bezor bo'ldim | A. YUSUPOV

Bezor bo'ldim.

Nomi inson xulqi hayvonlardin,
Bezor bo'ldim netay.
Nomi mo'min asli,
Kofirlardan bezor bo'ldim netay.

Nomiga do'stim degay,
Aslida chin dushman o'zi.
Nomi do'st-u,
Asl dushmanlardin bezor bo'ldim netay.

Osh-tuzing yeb, yuzga maqtab,
Laycha itdek suykalib.
Ikki tilli bevafolardin,
bezor bo'ldim netay.

Qosh terib, aftin burib,
Man-man degan kibr-u havo.
Men o'zim zo'rman deganlardin,
Bezor bo'ldim netay.

Dini islom niqob aylab,
Zaminda qon to'kib.
Men mujohidman deganlardin,
Bezor bo'ldim netay.

Abduqodir Yusupov blog:
@hayotiy_galaba