Get Mystery Box with random crypto!

Hayotim bahori

Telegram kanalining logotibi hayotim_bahori_ijod — Hayotim bahori H
Telegram kanalining logotibi hayotim_bahori_ijod — Hayotim bahori
Kanal manzili: @hayotim_bahori_ijod
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Jon-jonimga singib ketsaydi ilhom,
To abad qogʻozdan uzilmas qalam.
Yetajakman buyuk samoga illo,
Meni qoʻllab tursa Yaratgan egam!
✍️GULBAHOR YORQINOVA
https://t.me/Gulbahor_Yorqinova

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-23 16:09:33 ​​#Alloh

Dengizda Allohga duo qilamiz,
Qirgʻoqqa yetganda osiy boʻlamiz.
Samolarni erkin kezamiz takror,
Jonimiz omondir, zero Alloh bor!

Ali Jobir Fayfiy
Chunki sen Allohsan

@ilm_ishqimiz
11 views_Gulbahor_, 13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-13 08:18:09 ​​#ilm

Har joyda tortishuvlarga sabab boʻladigan mavzu-diniy va dunyoviy bilim. Nega hamma diniy bilim olishimizga qarshi? Hijob oʻrasak, uzun koʻylak kiysak, sen ham yaqinda muslimalikdan chiqibsanda deyishadi, buni qanday tushunamiz?
Kecha darsdan qaytayotgan vaqtimda bir onaning qiziga aytayotgan gaplarini eshitib qoldim, yonimda qizini shunchalik urushdiki, Astagʻfirulloh ular qiyofasida shaytonni koʻrgandek boʻlib ketdim:
-Sen qiz nima otincha boʻlmoqchimisan? Uzun koʻylagingni qara, oʻralashib yurasan-da oʻzingcha shu bilan, roʻmolingni yechib, yoqib yubormasam, onangmasman. Sen ham boshqa qizlar kabi, shim-koftalar kiyim kiyib yursang boʻlmaydimi, oʻlib qolasanmi? Hech qanaqa arab tiliga bormaysan, yo dugonalaringga qoʻshilasan, yoki uyda oʻtirasan, arab tilidan koʻra, koreys tilini oʻrgan!
Yana ancha gaplar bilan qattiq urishdi, qiz faqat yigʻlardi, onasiga qarshi bir soʻz demadi. Qizning tarbiyasiga qoyil qoldim!

https://t.me/ruhning_ufqlari
53 views_G_, 05:18
Ochish/sharhlash
2022-07-10 10:11:47 ​​Va, nihoyat bugun 2k ga yetdik

Va'daga vafo qilgan holda, tanlov qilamiz

Shartlar juda oddiy, @Eski_fikr ga obuna bo'lasiz, ushbu postni xohlagancha inson, guruh, kanallarga yuborasiz. Keyin @eski_fikrbot ga yozasiz, sizga raqam taqdim etiladi. G'oliblarni ertaga 22:00 da random.org orqali aniqlaymiz.

Farangeyt bo'yicha 451⁰ - Ray Bredberi
Qo'rqma - Javlon Jovliyev
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar - Mirach Chag'ri Oqtosh
O'zingga xush kelding - Mirach Chag'ri Oqtosh

G'oliblar 4 ta kitobdan birini tanlashlari ham mumkin bo'ladi.

Botga #raqam deb yozing yetarli, chat bo'lib ketsa raqam tarqatishda adashib ketishim mumkin

Hurmat bilan @eski_fikr admini
57 views_G_, 07:11
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:02:11 ​​Qalblarning ham namozi boʻladi.
Unga koʻzlar imomlik qiladi...

Egasiz joynamoz

https://t.me/ruhning_ufqlari
21 views_G_, 09:02
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:59:47 ​​Doimo bitta narsaga hayron qolamanda. Manfatsiz, hech kimga foyda bermaydigan, aksincha ziyoni bor kanallarda obunachilar koʻproq boʻladi. Ilm uchun, uni boshqalar bilan boʻlishish uchun ochilgan kanallarda esa obunachi kam va borlar ham postlarga fikr bildirishmaydi. Nega unday ekana? Bu haqida anchadan beri oʻylab, tushuna olmadim. Yoki meni fikrlarim kalta yoki insonlar oʻqish uchun dangasa!

https://t.me/ruhning_ufqlari
25 views_G_, 08:59
Ochish/sharhlash
2022-07-06 03:31:36 Chunki sen Ollohsan, qoʻrqinchu gʻam yoʻq,
Sen borsan, bizlarda gʻussa, alam yoʻq.
Koinot boʻlolmas hukmingdan nari,
Har ne jon amringga boʻysunar bari.
Toki bor ekansan, Robbim, Sen-Vohid,
Yashaydi qalblarda shodlik va umid.

Ali Jobir Fayfiy

Chunki sen OLLOHSAN...

@ruhning_ufqlari
20 views_G_, 00:31
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:05:58 Oʻqish, mutolaaning foydalari

1. Vasvasa, gʻam-anduhlarni haydaydi.

2. Nohaqlikka tushishdan uzoq boʻladi.

3. Bekorchilardan yiroq boʻladi.

4. Til burro boʻladi, kalom mashqini oladi, ohang qilib soʻzlamaydi, balogʻat, fasohatga zeb bermaydi.

5. Aql rivojlanadi, zehn yangilanadi, xotira kuchayadi.

6. Bilimga boy boʻlib, yodlash, tushunchasi koʻp boʻladi.

7. Insonlar tajribalarini, ulugʻlar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini oʻzlashtiradi.

8. Ilmiy malakasini oshiradi, hayot нhaqidagi madaniy onggini oshiradi.

9. Iymoni ziyoda boʻladi xususan Islom dini haqidagi kitoblarni oʻqiganda. Zero, kitob eng buyuk nasihatchi, yomonliklardan qaytarguvchi va yaxshi ishlarga buyurguvchidir.

10. Zehn parishonligidan, qalb boʻlinishidan, vaqt zoyeʼ boʻlishidan panoh topadi.

11. Soʻzni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini, jumla tushunchasini, hikmat sirlarini anglaydi.

- "Mahzun boʻlma" kitobidan

https://t.me/ruhning_ufqlari
13 views_G_, 14:05
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:18:26 ​​Anchadan beri orziqib kutgan kitobimni bugun sovgʻa qilishdi. Bundan juda xursandman. Aytganimdek: ,,Meni kitoblar baxtli qila oladi". Toʻgʻrisi bugun 1oydan beri endi kitob doʻkoniga kitob sotib olish uchun borgan edim, albatta ancha vaqt boʻldi yangi kitoblar olmaganimga, Zomin togʻlariga toʻymay, aylanib yuraveribmanda. Ta'til boshlangandan beri oʻzim uchun birorta foydali ish qilmadim. Na İngiliz tili toʻgaragiga, na ijod qilishga, na bir kitob oʻqishga vaqt ajratdim, faqat ,,Salom Zomin" deb yuraveribman. Qancha vaqt yoʻqotdim, axir. Ustozlarim qoʻngʻiroq qilishganda, yetib keling deyishganda ham e'tibor bermay, oʻsha yerda yuraverdim, mana oxir-oqibat tengdoshlarimdan ancha orqadaligimni sezdim. Hozirdan chala ishlarimni tugatishni boshlayman. Maqsadni unutmaslik kerak, eng muhimi. Maqsadingiz sizni gʻaflat uyqusidan uygʻotadi.

https://t.me/ruhning_ufqlari
42 views_G_, 12:18
Ochish/sharhlash
2022-06-06 16:53:36 ​​Hamma ovozimni eshitadi,
Sen esa qalbimni eshitasan Allohim..

https://t.me/ruhning\_ufqlari
116 views_G_, 13:53
Ochish/sharhlash
2022-06-06 16:24:26 Kimning dardi Islom boʻlmasa uning oʻzi Islom uchun gʻamdir!

Said Chamlija "Iymon va huzun"

https://t.me/ruhning_ufqlari
45 views_G_, 13:24
Ochish/sharhlash