Get Mystery Box with random crypto!

​​Anchadan beri orziqib kutgan kitobimni bugun sovgʻa qilishdi | Hayotim bahori

​​Anchadan beri orziqib kutgan kitobimni bugun sovgʻa qilishdi. Bundan juda xursandman. Aytganimdek: ,,Meni kitoblar baxtli qila oladi". Toʻgʻrisi bugun 1oydan beri endi kitob doʻkoniga kitob sotib olish uchun borgan edim, albatta ancha vaqt boʻldi yangi kitoblar olmaganimga, Zomin togʻlariga toʻymay, aylanib yuraveribmanda. Ta'til boshlangandan beri oʻzim uchun birorta foydali ish qilmadim. Na İngiliz tili toʻgaragiga, na ijod qilishga, na bir kitob oʻqishga vaqt ajratdim, faqat ,,Salom Zomin" deb yuraveribman. Qancha vaqt yoʻqotdim, axir. Ustozlarim qoʻngʻiroq qilishganda, yetib keling deyishganda ham e'tibor bermay, oʻsha yerda yuraverdim, mana oxir-oqibat tengdoshlarimdan ancha orqadaligimni sezdim. Hozirdan chala ishlarimni tugatishni boshlayman. Maqsadni unutmaslik kerak, eng muhimi. Maqsadingiz sizni gʻaflat uyqusidan uygʻotadi.

https://t.me/ruhning_ufqlari