Get Mystery Box with random crypto!

​​#ilm Har joyda tortishuvlarga sabab boʻladigan mavzu-diniy | Hayotim bahori

​​#ilm

Har joyda tortishuvlarga sabab boʻladigan mavzu-diniy va dunyoviy bilim. Nega hamma diniy bilim olishimizga qarshi? Hijob oʻrasak, uzun koʻylak kiysak, sen ham yaqinda muslimalikdan chiqibsanda deyishadi, buni qanday tushunamiz?
Kecha darsdan qaytayotgan vaqtimda bir onaning qiziga aytayotgan gaplarini eshitib qoldim, yonimda qizini shunchalik urushdiki, Astagʻfirulloh ular qiyofasida shaytonni koʻrgandek boʻlib ketdim:
-Sen qiz nima otincha boʻlmoqchimisan? Uzun koʻylagingni qara, oʻralashib yurasan-da oʻzingcha shu bilan, roʻmolingni yechib, yoqib yubormasam, onangmasman. Sen ham boshqa qizlar kabi, shim-koftalar kiyim kiyib yursang boʻlmaydimi, oʻlib qolasanmi? Hech qanaqa arab tiliga bormaysan, yo dugonalaringga qoʻshilasan, yoki uyda oʻtirasan, arab tilidan koʻra, koreys tilini oʻrgan!
Yana ancha gaplar bilan qattiq urishdi, qiz faqat yigʻlardi, onasiga qarshi bir soʻz demadi. Qizning tarbiyasiga qoyil qoldim!

https://t.me/ruhning_ufqlari