Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.89K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-10-04 09:42:28
Bugundan Green Card o'ynash boshlandi!

Bu yil Green Card (Grin karta) o'ynash 2023-yil 4-oktyabrdan O'zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Grin karta oʻynashning oxirgi sanasi – 2023-yil 7-noyabr, 21:00.

GRIN KARTAGA RO'YXATDAN O'TISH

Dasturda ishtirok etish bo'yicha yo'riqnomalar bilan BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
12.8K viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash
2023-09-25 12:32:00
“Germaniyada tahsil olish, tadqiqotlar va stipendiyalar” mavzusida tadbir

Gyote universiteti tomonidan Germaniyada o’qish va tadqiqot olib borishga qiziquvchi yoshlar uchun tadbir tashkil qilinmoqda.

O’tkazilish sanasi: 2023-yil 28-sentyabr. 14:30 — 16:30

O’tkazilish joyi: Toshkentdagi Gyote insituti hamda onlayn

Onlayn qatnashish uchun ZOOM havola: https://goethe-institut.zoom.us/j/85063447320#success

@grantlar_namuna
12.8K views09:32
Ochish/sharhlash
2023-09-24 07:22:02 Ertadan (25-sentabr) darslar boshlanadi

NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun professional mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 61 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.

Kurs narxi: 500 ming so'm.

ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

@grantlar_namuna
14.6K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-09-14 15:02:00 Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 61 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.

Kurs narxi: 500 ming so'm.

ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

@grantlar_namuna
20.8K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-09-07 14:42:00
Rasman tasdiqlandi: 2023-yil uchun Grin Kard DV dasturi uchun vizalar berilishi to’xtatildi.

O’zbekistondagi AQSH elchixonasi rasmiy ma’lumotiga ko’ra, AQSh hukumati joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentyabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo'yicha suhbatlar butun dunyo bo'ylab, jumladan O'zbekistonda ham bekor qilindi.

DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o'tgan, ammo viza olmagan DV murojaatchilari, viza olish huquqiga ega emaslar.

@grantlar_namuna
25.1K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-09-04 06:02:00
AQSHning nufuzli Fulbright Foreign Student Program dasturi g’olibi bilan suhbat

Navbatdagi suhbatimiz mehmoni — Abduaziz Isakulov.

Abduaziz Isakulov — Fulbright Foreign Student Program dasturi bo’yicha AQSHda magistraturani xalqaro huquq sohasida yakunlagan. Shundan so’ng AQSH, Shveysariya, Germaniya kabi davlatlarda o’z ish tajribasini orttirib, hozirda AQSHning Nyu-York shahrida Cardozo School of Law oliygohi doktorantura bosqichida o’z ilmiy ishi bilan shug’ullanmoqdalar.

Suhbatimiz davomida AQSHda o’qish, Fulbright Foreign Student Program dasturi, unga ariza topshirish bosqichlari ham dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lamiz.

Suhbat vaqti: 2023-yil 4-sentyabr 21:00
Suhbat manzili: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbatimiz yakunida tinglovchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin bo’ladi.

@grantlar_namuna
16.0K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2023-08-18 15:32:00
CEE: AQSHda bepul malaka oshirish dasturi ishtirokchisi bilan jonli ovozli suhbat

Bu galgi suhbatmiz AQSHda 3 oy malaka oshirish dasturida qatnashib kelgan Muhabbat Mamirova bilan bo'lib o'tadi.

Muhabbat Mamirova — Community Engagement Exchange (CEE) dasturi g'olibi, 2023-yil 17-apreldan 21-iyulga qadar AQSHning Vashington, Kolumbiya Okrugida malaka oshirib qaytgan.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olamiz:
— CEE dasturi o'zi nima?
— Dasturda kimlar qatnasha oladi?
— Dastur imkoniyatlari qanday?
— Ariza topshirish bosqichlari, unda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar va boshqalar.

Suhbat vaqti: 2023-yil 20-avgust, 21:00 da
Suhbat manzili: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga Muhabbat Mamirovadan javob olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
22.1K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:01:02
"OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”da yangi o’quv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavr bosqichidagi yo‘nalishlar:
• Davolash ishi
• Farmatsevtika
• Stomatologiya
• Iqtisodiyot
• Moliya va Moliya Texnologiyalari
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar
• Konchilik ishi
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti

Magistratura yo‘nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Batafsil ma'lumot: +998-55-305-00-09

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://qabul.oxu.uz/

Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram - @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74-uy (Mo’ljal: Avtovokzal, Xo’jalik sudi to’g’risida)
3.8K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 09:22:31 IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma

Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma shakllandi.

Dastur tarkibi:

Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

1-DARS

2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar_namuna
15.2K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2023-06-11 17:03:29 Yoshlar Yelkani: Yevropa Ittifoqi ko'magida yosh yetakchilar uchun 1 haftalik trening

“Yoshlar yeklani”
loyihasi yosh yetakchilar, ko‘ngillilar, pedagoglar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun uch bosqichli ikki yillik ta’lim dasturini o‘z ichiga oluvchi katta loyiha hisoblanadi.

Dastur maqsadi:
— Yoshlarning inson huquqlari, atrof-muhit va tanqidiy fikrlash borasidagi ta’lim sohasidagi vakolatlarini oshirish.
— O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash tajribasini o‘rtoqlashish va Yevropa tajribasiga ega trenerlardan norasmiy ta’lim amaliyoti va usullarini o‘zlashtirish.
— O‘zbekistonning turli hududlarida fuqarolik tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan norasmiy ta’lim bo‘yicha malakali trenerlar va fasilitatorlar hamjamiyatini yaratish.

Aynan shu dastur bo'yicha 2023-yil 5-12-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida 1 haftalik trening mashg'ulotlari tashkil etilmoqda.

Ishtirok etish uchun talablar:
— 18-27 yosh bo'lishi;
— Inson huquqlariga qiziqishi;
— Atrof-muhitga befarq bo'lmaslik;
— Muloqot qilish, yetakchilik va moslashuvchanlik ko‘nikmalariga ega bo'lish.

Arizalar 2023-yil 20-iyunga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini to'ldiring.

ESLATMA: dastur to'liq rus tilida olib boriladi, shu boisdan ishtirokchilar rus tilini yetarlicha bilishlari kerak.

@grantlar_namuna
5.9K viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash