2023-05-01 10:07:02
MEXT grantlari imtihonida tushadigan savollar
2023-yil 26-mayda MEXT Research Student va MEXT Undergraduate Students grantlariga arizalar qabul qilish bosqichi yakuniga yetadi.
9-iyunda ariza topshirish bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.
17-18-iyunda esa imtihon bosqichi boʻlib oʻtadi (joyi imtihon bosqichiga oʻtganlarga maʼlum qilinadi).
Imtihon bosqichini qabul jarayonining eng muhim bosqichi deyish mumkin.
Va imthonga alohida tayyorgarlik koʻrish qattiq tavsiya etiladi.
MEXT Research Student
dasturi uchun
Bunda nomzodlar faqat 2 ta fan –
ingliz tili va
yapon tilidan imtihon topshiradi.
Ingliz tilida oʻqish uchun ariza topshirganlar ingliz tilidan jiddiyroq tayyorlanishi lozim. Jumladan,
IELTS 8 ball bilan ham mazkur grantning til imtihonidan oʻta olmaganlarni bilamiz. Shuningdek,
IELTS 7 daraja bilan til imtihonidan oʻtganlardan ham shaxsan xabardormiz.
Ingliz tili imtihonining noqulaylik jihati shundaki,
uning formati IELTS formatidan farq qiladi. Shu sababli IELTS 8 daraja olganlar ham imtihondan oʻta olmay qolishi mumkin.
Shu sababli
oʻtgan yillarda tushgan savollarni koʻrib (ishlab) chiqib, shu formatdagi testlarga tayyorlanish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, bu yildan boshlab ingliz tilida oʻqishga ariza topshirganlar yapon tilini
boshlangʻich darajada (hiragana va katakana alifbosini) bilishi lozim.
MEXT Research Student dasturi uchun
oʻtgan yillarda tushgan testlar va ularning javoblarini BU YERDAN “Research students” boʻlimida yuklab olishingiz mumkin (ingliz tili savollari ham, yapon tili savollari ham bor).
Faqat yapon tilida imtihon topshirmoqchi boʻlganlar ham oʻtgan yillardagi savollar va ularning javoblarini koʻrib chiqib, alohida tayyorgarlik koʻrish kerak. Bunday nomzodlar ingliz tilidan testlarni yechmasdan chiqishi ham mumkin.
Ham ingliz, ham yapon tilida testlarni ishlovchilarda
imtihondan oʻtish ehtimoli yuqoriroq, albatta. Lekin bu degani faqat yapon yoki asosan ingliz tilida (bunda kamida hiragana va katakanani bilish lozim) imtihon topshiruvchilarda imkoniyat yoʻq degani emas.
Jumladan, har ikkala tilda imtihon topshirib yoki faqat asosan bitta tilda (ingliz yoki yapon) tilda imtihon topshirib, ushbu grantni yutib olganlar bor.
MEXT Undergraduate Students
dasturi uchun
Bunda nomzodlar
ingliz va yapon tili, shuningdek, yoʻnalishi boʻyicha
mutaxassislik fanlaridan ham imtihon topshiradi. Mutaxassislik fanlarning hammasi
ingliz tilida boʻladi.
Bunda nomzod
ingliz tilini bilishi lozim. Yapon tilini esa
boshlangʻich darajada (hiragana va katakanani) bilish yetarli.
MUHIM: Yapon tilida birorta ham testni yechmay chiqqanlar avtomatik tarzda imtihondan oʻta olmaydi. Shu sababli,
yapon tilini umuman bilmasangiz ham, hiragana va katakana alifborlarini yodlab oling. Har birida 46 tadan harf bor va ularni iyun oʻrtalarigacha bemalol yodlab olsa boʻladi.
Oʻtgan yillarda tushgan savollar va ularga javoblarni BU YERDAN “Undergraduate students” boʻlimida yuklab olishingiz mumkin (yapon tili savollari berilmagan).
Mazkur grantga topshirgan/topshirayotganlarga omad tilaymiz!
@grantar_namuna
7.1K views07:07