Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.82K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2024-05-19 05:00:04 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. "Yoshlar ovozi" gazetasidan umumiy sovrin jamgʻarmasi 60 million soʻmlik ijodiy ishlar tanlovi
https://grantgo.uz/go/46297

2. Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab
https://grantgo.uz/go/60644

3. “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.
https://grantgo.uz/go/70695


5 kun qoldi:
1. Italiyada magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant
https://grantgo.uz/go/15850

2. Yoshlar ishlari agentligidan tibbiyot sohasidagi tadqiqotchi yosh ayol-qizlar uchun bepul 1 haftalik “Ilm-fan oromgohi”
https://grantgo.uz/go/19717

3. Yaponiyada magistratura va doktorantura bosqichida o’qish uchun to’liq moliyalashtiriladigan MEXT grant dasturi
https://grantgo.uz/go/23157

4. Yaponiyada bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun MEXT Scholarship granti
https://grantgo.uz/go/93708

5. Google for Startups bilan hamkorlik dasturida startaplarni eng kuchli ekspert va murabbiylar bilan bepul rivojlantirish imkoniyati — Silkway Accelerator dasturi
https://grantgo.uz/go/12299

6. Namangandagi Amerika burchagidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun P2P volontyorlik dasturi
https://grantgo.uz/go/59917


10 kun qoldi:
1. 15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!
https://grantgo.uz/go/86686

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2024-05-18 18:00:15
GrantGO'da atamalar

Bavarian formula

Bavariya formulasi – baholarni xorijiy universitet tizimlaridan nemis baholash tizimiga oʻtkazishda ishlatiladigan usul.

Bu, ayniqsa, Germaniyada o‘qishni xohlovchi va o‘z akademik maʼlumotlarini nemis baholash shkalasiga moslashtirishi kerak bo‘lgan xalqaro talabalar uchun foydalidir. Baʼzida nemis tili ekvivalenti talab qilinadigan ishga joylashishda ham soʻraladi.

Formula quyidagicha:

x=1+3 (Nmax-Nd)/(Nmax-Nmin)

x = sizga zarur konvertatsiya darajasi (nemis tizimiga oʻtkazilgan baho)
Nmax = eng yuqori, yaʻni olinishi mumkin maksimal baho
Nmin = eng past o'tish bahosi
Nd = erishilgan baho

Misol uchun:

Universitetingizdagi eng yuqori baho max=16, imtihondan o‘tish uchun eng past baho min=10. Imtihonda erishilgan baho Nd=13. Konvertatsiyadan so‘ng baho 2,5 ni tashkil qiladi.

Buni tez va oson hisoblash uchun onlayn kalkulyatordan foydalanishingiz ham mumkin.

#atamalar

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-05-18 16:00:46
KOREYSLARNING o'zi sizni Koreyaga o'qishga jo'natadi !

KOREYAGA BIZ BILAN OSON

100 % GRANT YUTISH
BEPUL YOTOQXONA
ARZON KONTRAKTLI O'QISHLAR haqida ma'lumotlar kerak bo'lsa bizga murojaat qiling

Kuzgi Qabullar Boshlandi. sizni kutmoqda.

Bakalavr & Magistratura

Kasbiy Talim
( ko'proq ishlash imkoniyati )

Talablar : IELTS 5.5 yoki TOPIK 2

Firma to'lovini natijadan so'ng to'laysiz.
Oldin natija keyin to'lov

Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | Yozish  
(95)020-98-99 | Yozish

Telegram| Instagram| Youtube
6.9K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-05-18 14:20:03
Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Vikipediyada maqola yaratish bo'yicha Viki-bahor — 2024 xalqaro tanlovi

Talablar
— Tanlovda o'zbek tilida maqola yaratish va mavjud maqolalarni tahrirlash qobiliyatiga ega bo'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
— Turli tillardagi ma'lumotni tarjima qilish mumkin.

Foydali tomonlari
— CEE Women, CEE Youth va CEE for Human Rights mavzularida maqola yaratgan eng yaxshi o'nta ishtirokchi maxsus mukofot va sertifikat bilan taqdirlanadi;
— O'zbekiston haqida kontent yaratilishiga hissa qo'shish imkoniyati.

Oxirgi muddat
31.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/33174

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.3K views11:20
Ochish/sharhlash
2024-05-18 08:10:03
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest

Talablar
— Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim;
— Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57351

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2024-05-18 05:00:03 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun Global Peace Photo Award fototanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — €11,000 va Avstriyaga bepul sayohat!
https://grantgo.uz/go/66084


10 kun qoldi:
1. 18-35 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Shveysariyaning Jeneva shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum — IUCN Leaders Forumi
https://grantgo.uz/go/63307

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.7K views02:00
Ochish/sharhlash
2024-05-17 14:30:03
Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Armanistonda xarajatlari to'liq qoplanadigan yozgi maktab — YES Summer School

Talablar
— Dasturda magistratura va PhD talabalari, karyerasining dastlabki bosqichidagi yosh tadqiqotchi hamda professorlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar iqtisod va moliya yo'nalishida tadqiqot olib borayotgan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport bilan ta’minlanadi;
— Armanistonga safar xarajatlari uchun grant beriladi (cheklangan miqdorda).

Oxirgi muddat
31.05.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/38863

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Armaniston

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.2K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2024-05-17 12:00:04
Ayol-qizlar uchun Ozarbayjonning Xazar universitetidan magistratura va doktorantura bosqichlariga grant

Talablar
— Yuqori akademik ko'rsatkich;
— Magistratura yoki doktorantura bosqichida o'qish uchun hujjat topshirish
— Ingliz tilini bilish kerak.

Foydali tomonlari
— Yillik kontrakt to'lovdan ozod etiladi;
— Borish-kelish xarajatlari qoplab beriladi;
— Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta'minlanadi

Oxirgi muddat
01.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/17216

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ozarbayjon

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:10:03
16 yoshgacha bo'lgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2024 tanlovi

Talablar
Dunyoning istalgan mamlakatidan 16 yoshgacha bo'lgan barcha yosh rassomlar yovvoyi tabiat va yo'qolib borayotgan hayvonlar mavzusidagi rasmlari bilan qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Tanlovda bepul ishtirok etish mumkin;
— Har bir yosh toifasi bo'yicha g'oliblar "Sketch for Survival Junior Artist of the Year" mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Tanlovda ishtirok etganlik haqida maxsus sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
30.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/80125

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2024-05-17 05:00:03 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. "Yoshlar ovozi" gazetasidan umumiy sovrin jamgʻarmasi 60 million soʻmlik ijodiy ishlar tanlovi
https://grantgo.uz/go/46297

2. Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab
https://grantgo.uz/go/60644

3. “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.
https://grantgo.uz/go/70695


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida grant asosida magistraturada oʻqish imkoniyati —The Eira Francis Davies Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/93833

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.8K views02:00
Ochish/sharhlash