Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.82K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-05-30 14:00:02
Havaskor rassomlar uchun Illustrators of the Future Contest tanlovi. Bosh sovrin - $5000!

Talablar
Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi. Shu vaqtga qadar 3 tadan ortiq rasmlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinmagan havaskor (rasmlari uchun pul to'lanmaydigan) va yangi ish boshlagan rassom bo'lish kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlovda qatnashish bepul;
— Tanlovning har chorak bosqichida uch nafar g'olibga 500 AQSH dollari va kubok;
— Chorak final g'oliblariga Grand Prize kubogi bilan birga 5000 AQSh dollari miqdoridagi yillik bosh mukofot uchun kurashish huquqi.

Oxirgi muddat
01.07.2023 00:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90744

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
4.9K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-05-30 11:20:02
Barcha havaskor va professional arxitektor hamda dizaynerlar uchun "House of the Future competition" tanlovi. Mukofotning umumiy jamg'armasi — 250,000 yevro!

Talablar
Tanlovda butun dunyo bo'ylab 18 yoshdan katta barcha havaskor va professional arxitektor va dizaynerlar ishtirok etishi mumkin. Hech qanday professional malaka talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Mukofotning umumiy jamg'armasi - 250,000 yevro: 1-o'rin - 140,000 yevro; 2-o'rin - 45,000 yevro; 3-o'rin - 20,000 yevro; "Self-sufficient house" dizayni uchun bonus - 45,000 yevro.

Oxirgi muddat
30.09.2023 04:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/70605

#tanlovlar #mukofot #Birlashgan_Arab_Amirliklari

Telegram | Facebook | Instagram
4.8K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-05-30 08:27:29
Enterprise Singapore agentligidan yangi innovatsion yechimlarga ega startaplar uchun SLINGSHOT — 2023 tanlovi. Umumiy mukofot — S$ 1,2 million!

Talablar
— Faoliyat yo'nalishidan qat'i nazar, innovatssion va so'nggi 10 yil ichida davlat ro'yxatidan o'tgan barcha NNTva NTTlar (kompaniyalar) o'z startaplari bilan qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
— Tanlovda bepul ishtirok etish mumkin;
— O'z g'oyasini xalqaro auditoriyaga taqdim etish va 1,2 million Singapur dollarigacha pul mukofotlarini yutish imkoniyati:Asosiy g'olib (Grant winner) - 200,000 Singapur dollari;1-o'rin - 150,000 Singapur dollari;2-o'rin - 100,000 Singapur dollari;Saralangan 10 nafarg'olibga har biri uchun 50,000 Singapur dollardan;
— Asosiy g'olib (Grant winner) - 200,000 Singapur dollari;

Oxirgi muddat
17.07.2023 20:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/11993

#tanlovlar #mukofot #Singapur

Telegram | Facebook | Instagram
5.1K views05:27
Ochish/sharhlash
2023-05-30 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Butun dunyo bo'ylab istalgan yoshdagi istalgan kasb egalari uchun Germaniyaning Berlin shahrida amaliyot — Leaders for Future Ongoing LF amaliyot dasturi
https://grantgo.uz/go/12749

2. Maktab, kollej yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun 6 ta fan doirasida tanlov — S.T. Yau High School Science Award (Asia)
https://grantgo.uz/go/81299

3. 16 yoshdan oshgan maktab o'quvchilari va universitet talabalari uchun Udacitydan Sun’iy Intellekt va Machine Learning bo‘yicha o'qish uchun grant
https://grantgo.uz/go/13890

4. Bakalavr yoki magistraturani tamomlagan talabalar uchun Yaponiyaning Avaji orollarida haq to'lanuvchi AYF Fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/40298

5. Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun oyiga 300 yevrolik Deutschlandstipendium stipendiyasi
https://grantgo.uz/go/14527

6. 35 yoshdan kichik barcha tadqiqotchilar uchun YUNESKOdan “Ipak yoʻli yoshlar tadqiqotlari granti” tanlovi
https://grantgo.uz/go/82015


3 kun qoldi:
1. Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan maqolalar tanlovi; gʻolib muallifga 5000 Shveysariya franki miqdorida mukofot taqdim etiladi
https://grantgo.uz/go/21439

2. Oftalmologiya va koʻz parvarishi boʻyicha Edinburg universitetida onlayn magistratura dasturini grant asosida oʻqish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/29550


10 kun qoldi:
1. AQShda toʻliq moliyalashtirilgan holda 10 oy malaka oshirish imkonini beruvchi Humphrey fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/94068

2. Italiya hukumati tomonidan barcha bosqich va yoʻnalishlarda tahsil olish uchun 2022-2023-oʻquv yiliga moʻljallangan Study in Italy granti
https://grantgo.uz/go/65300

Telegram | Facebook | Instagram
4.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-29 17:01:04
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan har bir bandi 5,5 darajadan kam bo'lmagan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | Facebook | Instagram
5.4K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-05-29 11:20:03
Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamg'armasi 6300$ bo'lgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Ijodiy ishlar ingliz tilida yozilishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Birinchi o'ringa $3000, ikkinchi o'ringa $2000, uchinchi o'ringa esa $1000;
— Shuningdek, 3 o'rindan tashqari qo'shimcha 9 nomzodning har biriga $300 dan;
—Jami 12 o'rin sohiblarining hikoyalari Grist's internet sahifasida Imagine 2200 kolleksiyasining bir qismi sifatida chop etiladi.

Oxirgi muddat
13.06.2023 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/26734

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
6.1K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-05-29 09:31:57
Yo'nalishidan qatʼi nazar, barcha bosqich talabalari uchun biznes-rejalar tanlovi. Tanlov g'olibiga —1500 AQSH dollari!

Talablar
— Ayni paytda universitet/kollejda o'qiyotgan talaba bo'lishi yoki 2023-2024-yilda o'qishni boshlash uchun universitetdan qabul xatini olgan bo'lishi kerak;
— Hozir o'qiyotgan yoki kelajakda o'qimoqchi bo'lgan ta'lim muassasasi bilan yaxshi aloqada bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'olibiga Kanadaning mashhur yuridik firmasi - Heer Lawtomonidan 2000 Kanada dollari (1500 AQSH dollari) mukofot sifatida beriladi.

Oxirgi muddat
31.12.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14263

#tanlovlar #mukofot #Kanada

Telegram | Facebook | Instagram
5.5K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-05-29 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. EPAM kompaniyasidan SAP Development bo'yicha bepul onlayn kurs
https://grantgo.uz/go/10093

2. Tibbiyot yo'nalishida Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!
https://grantgo.uz/go/57543

3. Tongarewa Scholarship dasturi — bakalavr yoki magistraturani Yangi Zelandiyada oʻqish uchun 10,000 AQSH dollarigacha grant. Barcha yoʻnalishlar mavjud!
https://grantgo.uz/go/76800

Telegram | Facebook | Instagram
5.5K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-28 18:00:01 O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Germaniyada 1 semestr davomida xarajatlari toʻliq qoplangan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi — International Excellence Scholarship Program (IES) (655)
https://grantgo.uz/go/22254

2. 25 yoshgacha boʻlgan barcha uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $15,000 ga teng bo'lgan ClimateScience onlayn olimpiadasi (436)
https://grantgo.uz/go/67721

3. Bakalavrni bitirayotgan va yaqinda bitirgan talabalar uchun Turkiyada 7 kunlik hamma xarajatlari qoplanadigan amaliyot — International Local Authorities Internship Program (390)
https://grantgo.uz/go/08858

4. Butun dunyo bo'ylab istalgan yoshdagi istalgan kasb egalari uchun Germaniyaning Berlin shahrida amaliyot — Leaders for Future Ongoing LF amaliyot dasturi (315)
https://grantgo.uz/go/12749

5. The OSCE akademiyasidan talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab (298)
https://grantgo.uz/go/19763

Telegram | Facebook | Instagram
5.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-28 10:22:33
5 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan yosh rassomlar uchun "Peace Pals International Art Contest — 2023" tanlovi

Talablar
5 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. “Birlik” mavzusida rasm chizib topshirish kerak.

Foydali tomonlari
— Asosiy uchta g'olibga maxsus statuetka;
— Barcha finalchilarga sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
31.08.2023 09:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/07906

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
6.7K views07:22
Ochish/sharhlash