Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.82K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2024-05-24 17:01:55
"Saudiya Arabistonida o'qish va Kingdom of Saudi Arabia granti haqida" mavzusida ovozli chat

Ayni damda Saudiya Arabistonida bakalavr, magistr va PhD bosqichlarida o'qish imkonini beruvchi Kingdom of Saudi Arabia grantiga qabul davom etayotgani munosabati bilan ushbu davlatda o'qish tajribasi va grant haqida ma'lumotlar beruvchi ovozli chat o'tkazishni reja qildik.

Suhbat ishtirokchisi — Suhrobbek Xoldorov
King Saudi Arabia granti (2022) g'olibi
King Abdulaziz Universiteti (Jidda) talabasi
SAT, IELTS va Mnemonika bo'yicha tajribali ustoz

Suhbat davomida
Saudiya Arabistonida o'qish tajribasi va taassurotlar
Saudiyada qaysi yo'nalishlarda o'qish mumkinligi
Kingdom of Saudi Arabia granti haqida eng muhim ma'lumotlar
Hujjat topshirish jarayoni va kerakli maslahatlar
Ishtirokchilar bilan savol-javob

Suhbat joyi va vaqti
@grantgouz telegram kanali
24.05.2024 21:00 (Juma)

Grant dasturi bo'yicha mentorlik kursi
Kingdom of Saudi Arabia mentorlik kursi

Dastur hamjamiyati
@King_Saudi_Community

#mentorship #magistratura #voicechat #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.8K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-05-24 15:20:03
Xalqaro Shaxmat Federatsiyasidan barcha havaskor va professional rassomlar uchun ijodiy ishlar tanlovi

Talablar
— Dasturda butun dunyo bo'ylab yoshidan qat’iy nazar barcha havaskor va professional rassomlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar an’anaviy usulda (qo'lda) yoki sun’iy intellekt yordamida rasm yaratishlari kerak;
— Barcha yaratilgan ishlar aynan shu tanlov uchun maxsus yaratilgan original bo'lishi lozim;

Foydali tomonlari
— G'oliblar FIDE prezidentining maxsus sertifikatiga ega bo'ladi;
— 1-o'rin: 800 yevro;
— 2-o'rin: 500 yevro;
— 3-o'rin: 300 yevro.

Oxirgi muddat
10.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/89901

#tanlovlar #mukofot #Shvetsariya

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.8K views12:20
Ochish/sharhlash
2024-05-24 13:00:50
LUCID VISION IJTIMOIY LOYIHASIGA QABUL BOSHLANDI

O'quvchilarga o'zbek va rus tillarida bepul ta'lim beruvchi onlayn formatdagi yangi loyihani taqdim etamiz.

Loyihamizda barcha ilmga chanqoq, o'z ustida ishlovchi va yangi ko'nikmalarni olmoqchi bo'lgan 6-15 yosh oralig'idagi o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Yangi cho'qqilarni zabt etmoqchi bo'lgan, jamiyatga foyda keltirishni, bilim ulashishni xohlagan yoshlar va ustozlarni loyihamizga taklif qilamiz.

Mavjud kurslar ro'yxati:
Matematika
Ingliz tili
Turk tili
Rus tili
Prezident maktabiga tayyorlov

Loyiha haqida batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni: 04.06.2024

Telegram | Instagram | Facebook
6.5K views10:00
Ochish/sharhlash
2024-05-24 11:10:03
Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!

Talablar
— Tanlovda o'tgan mavsum g'oliblaridan tashqari barcha qatnashishi mumkin;
— Har bir ishtirokchi tanlovga 3 tagacha fotosurat bilan yuborishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Tanlovda bepul ishtirok etish;
— Yil fotografi (18 yosh va undan yuqori) - 1000 funt sterling pul mukofoti; yilning yosh fotografi (18 yoshgacha) - 500 funt sterling pul mukofoti.

Oxirgi muddat
21.06.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/95944

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.5K views08:10
Ochish/sharhlash
2024-05-24 08:00:04
Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda amaliyot qilish imkoniyati — Community Engagement Exchange Program

Talablar
— Nomzod berilgan davlat fuqarosi bo'lishi (O'zbekiston ro'yxatda mavjud) va 21-27 yosh oralig'ida bo'lishi bo'lishi kerak;
— Dasturga ariza topshirish vaqtida kamida 2 yillik ish yoki volontyorlik tajribasiga ega bo'lishi shart;
— Ingliz tilidan mukammal ogʻzaki va yozma bilimga ega boʻlishi kerak (yarim finalchilar TOEFL/IELTS/Duolingo sertifikati yoki imtihonini topshirishlari kerak boʻladi) va b.

Foydali tomonlari
— AQShga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta'minlanadi;
— Tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi va b.

Oxirgi muddat
02.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/46141

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
7.0K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-05-24 05:00:03 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi
https://grantgo.uz/go/48498


3 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida grant asosida magistraturada oʻqish imkoniyati —The Eira Francis Davies Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/93833


5 kun qoldi:
1. 15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!
https://grantgo.uz/go/86686


10 kun qoldi:
1. Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan inshоlar tanlovi; gʻolib muallifga $5,714 miqdorida mukofot taqdim etiladi!
https://grantgo.uz/go/21439

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.9K views02:00
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:00:03
AQShning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi

Talablar
— AQSh fuqarosi bo'lmagan va hozirda O'zbekistonda qonuniy istiqomat qiluvchi bakalavr bosqichining 1-3-kurs talabalari qatnashishi mumkin;
— Logistika, mulkni boshqarish yoki tegishli soha talabalariga ustunlik beriladi;
— Ishtirokchilar 18 yosh yoki undan yuqori bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Xalqaro tashkilotda ish tajribasiga ega bo'lish imkoniyati;
— Turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali ingliz tili ko'nikmasini oshirish va tadbirlarni rejalashtirish/dasturlarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.

Oxirgi muddat
08.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/00288

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.3K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-05-22 12:00:02
Istalgan soha bo'yicha Germaniya universitetlariga qabul qilingan barcha bosqich talabalari uchun Friedrich Ebert Foundation Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzod Germaniya universitetlaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Nemis tilini bilish talab etiladi. Kamida DSH level 2, Test Deutsch als Fremdsprache 4 yoki ekvivalent darajaga ega bo'lishi kerak;
— Yuqori akademik ko'rsatkichga va Ijtimoiy va siyosiy bilimga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Bakalavr talabalari uchun - oyiga 830 yevro;
— Magistratura talabalari uchun - oyiga 850 yevro stipendiya beriladi;

Shuningdek, oila a'zolari uchun qo'shimcha nafaqa puli ham mavjud!

Eslatma: dasturga arizalar doimiy qabul qilinsa ham, ayrim yо'nalishlar uchun oxirgi muddat belgilangan!

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/48798

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-05-22 08:50:01
Ayol-qizlar uchun Qozog'istonda magistraturani to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme

Talablar
— Dasturda muhandislik, texnologiya va shunga yaqin sohalar bo'yicha bakalavr yoki magistrlik darajasiga ega yosh ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
— Iqtisod va boshqaruv sohasi vakillari ham ishtirok etishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (til bilish sertifikati majburiy emas).

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Yo'l xarajatlari, turarjoy va boshqa tegishli xarajatlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
01.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/78894

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qozogʻiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
5.7K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-05-22 05:00:01 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi
https://grantgo.uz/go/48498


5 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida grant asosida magistraturada oʻqish imkoniyati —The Eira Francis Davies Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/93833


10 kun qoldi:
1. Yosh tadqiqotchilar uchun Germaniyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi — The Einstein Fellowship. Stipendiya miqdori: €10,000
https://grantgo.uz/go/40096

2. Singapur davlatida doktorantura (PhD) bosqichida o’qish uchun to’liq moliyalashtiriluvchi SINGA grant dasturi
https://grantgo.uz/go/49215

3. Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan 5-16 yosh oraligʻidagi yosh rassomlar uchun “ShHT oilasi mening koʻz oʻngimda” nomli xalqaro tanlov
https://grantgo.uz/go/91582

4. Qohiradagi Amerika universitetida bakalavriatni o'qish uchun 100% gacha grantlar — AUC Excellence Scholarship Programme
https://grantgo.uz/go/81877

5. Ozarbayjonning Xazar universitetida magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni istovchi ayol-qizlar uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi Nailekhanim Foundation dasturi
https://grantgo.uz/go/17216

Telegram | YouTube | Mentorlik
6.2K views02:00
Ochish/sharhlash