Get Mystery Box with random crypto!

⚽️ GOAL UZBEKISTAN 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi goaluzbekistan24 — ⚽️ GOAL UZBEKISTAN 🇺🇿
Telegram kanalining logotibi goaluzbekistan24 — ⚽️ GOAL UZBEKISTAN 🇺🇿
Kanal manzili: @goaluzbekistan24
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.75K
Kanalning ta’rifi

⚽️ Goal Uzbekistan kanaliga xush kelibsiz!
✅ Biz sizga xar kuni taqdim qiluvchi kontentlar:
🆕 Yangiliklar
📅 Anonslar
📺 TV dasturlar
🔢 Natijalar
@futgolad

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 104

2021-08-16 18:55:00
Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar.
9.9K views15:55
Ochish/sharhlash
2021-08-14 15:08:38“Borussiya M” — “Bavariya” uchrashuviga oid ayrim fakt va statistika

Yulian Nagelsmann “Bavariya” boshqaruvidagi ilk (rasmiy) oʻyinida gʻalaba qozona olmadi;

Robert Levandovski “Bavariya” safidagi 330-oʻyinida 295-golini urdi;

Alasan Plea Bundesliga 2021/22-yilgi mavsumining ilk golini urdi;

Robert Levandovski ketma-ket yettinchi mavsum Germaniya chempionatining 1-turida gol urib kelmoqda. Bu turnir rekordi hisoblanadi.
14.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-08-14 15:08:37APLning 2021/22-yilgi mavsumidagi ilk goli muallifi Serxi Kanyos haqida

Kanyos APLdagi ilk o‘yinini “Liverpul” safida 2015/16-yilgi mavsumi so‘nggi bahsida doirasida o‘tkazgan.

Kanyos APLdagi 2-o‘yinini “Brentford” safida 2021/22-yilgi mavsum o‘tkazdi va musobaqadagi ilk golini ham urdi.
14.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-08-14 15:08:37 14-avgust sanasida bo‘lib o‘tadigan eng muhim o‘yinlar ro‘yxati va vaqti bilan tanishing!

Superliga
“Turon” – “So‘g‘diyona”|20:00
“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912”|20:00

APL
“Man Yunayted” – “Lids”|16:30
“Lester” – “Vulverhempton”|19:00
“Everton” – “Sauthempton”|19:00
“Chelsi” – “Kristal Pelas”|19:00
“Norvich” – “Liverpul”|21:30

La Liga
“Malyorka” – “Betis”|22:30
“Alaves” – “Real M”|01:00

Bundesliga
“Union” – “Bayer”|18:30
“Borussiya D” – “Ayntraxt”|21:30

Liga 1
“Lill” – “Nitssa”|20:00
“PSJ” – “Strasbur”|00:00
14.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-08-14 15:08:37APL. “Arsenal” debyutantga yutqazib qoʻydi va mavsumni magʻlubiyat bilan boshladi

APL, 1-tur

“Brentford” — “Arsenal” 2:0
Gollar: 1:0 – 22 Kanos, 2:0 – 73 Nergor.

“Brentford”: Rayya, Yansson, Ayer (Sorensen, 71), Pinnok, Genri, Kanos, Nergor, Yanelt, Oneka (Bidstrup, 80), Touni, Mbemo (Forss, 86).

“Arsenal”: Leno, Chembers (Nunu Tavaresh, 81), Mari, Uayt, Tirni, Jaka, Lokonga, Smit-Rou, Pepe, Martinelli (Nelson, 71), Balogun (Saka, 59).
14.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-08-13 17:59:12Leo Messi: Maydondagi pozitsiyam? Bu endi Pochettinoning muammosi

“Parijliklar bilan muzokaralar boshlangan vaqtda Maurisio menga qo‘ng‘iroq qildi. Men undan g‘oyalari haqida so‘radim va u aytib berdi.

U xursandligini va meni Parijda kutayotganligini ta’kidladi. Albatta, maydonda nimalar bo‘lishi haqida gaplashamiz. Ammo o‘sha kuni taktika haqida gaplashmadik.

Maydondagi pozitsiyam? Bilmayman, hozircha tasavvurga ham ega emasman.

Hozir shu yerdaman. Bu endi Pochettinoning muammosi. U yo‘lini topadi. Oxir-oqibat barchamiz moslashishga erishamiz”, — deydi Leo Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 10-avgust kuni “PSJ” bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

@GOALUZBEKISTAN24
9.9K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-08-13 17:59:11 13-avgust sanasida bo‘lib o‘tadigan eng muhim o‘yinlar ro‘yxati va vaqti bilan tanishing!

Superliga
“Mash’al” – “Paxtakor”|20:00
“Bunyodkor” – “Metallurg”|20:00
“Surxon” – “Andijon”|20:00

APL
“Brentford” – “Arsenal”|00:00

La Liga
“Valensiya” – “Xetafe”|00:00

Bundesliga
“Borussiya M” – “Bavariya”|23:30

Liga 1
“Loryan” – “Monako”|00:00

@GOALUZBEKISTAN24
9.9K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-08-13 17:59:11Angliya Premyer Ligasida bugun 2021/22-yilgi mavsum start oladi

APL|1-tur
13-avgust, juma
“Brentford” – “Arsenal”|00:00

14-avgust, shanba
“Manchester Yunayted” – “Lids”|16:30
“Uotford” – “Aston Villa”|19:00
“Lester” – “Vulverhempton”|19:00
“Everton” – “Sauthempton”|19:00
“Byornli” – “Brayton”|19:00
“Chelsi” – “Kristal Pelas”|19:00
“Norvich” – “Liverpul”|21:30

15-avgust, yakshanba
“Nyukasl” – “Vest Hem”|18:00
“Tottenhem” – “Manchester Siti”|20:30

@GOALUZBEKISTAN24
9.9K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-08-13 17:59:11Romelu Lukaku: “Chelsi”dan ketganimdan so‘ng, faoliyatimda juda ko‘p parvoz va qulashlar bo‘ldi. Biroq shular meni yanada kuchliroq qildi

“Mazkur ajoyib klubga qaytganimdan mamnunman. Uzoq yo‘lni bosib o‘tdim: avvaliga ko‘p narsani o‘rganishi kerak bo‘lgan yosh yigitcha sifatida bu yerga kelgandim. Hozir esa bu yerga tajribali futbolchi sifatida qaytdim.

Klub bilan aloqalarimiz men uchun ko‘p narsani anglatishini bilasiz. “Chelsi”ni yoshligimdan beri qo‘llab-quvvatlab kelaman. Endi klubga qaytish va unga yangi sovrinlarni yutishda yordam berish imkoniyatidan quvonch, baxt hislarini tuymoqdaman.

Klubning rivojlanishda ekanligi mening qarash va maqsadlarimga to‘g‘ri keladi. Axir men 28 yoshdaman va endigina Italiya chempionatini yutdim, xolos. Bu imkoniyat men uchun ideal vaqtda paydo bo‘ldi. Klub va meni birgalikdagi ulkan muvafaqqiyat kutyapti deb umid qilaman.

“Chelsi”ni tark etganimdan so‘ng, menda juda ko‘p parvoz va qulashlar bo‘ldi. Biroq shular sabab ham men yanada kuchli bo‘ldim. Vazifam — “Chelsi”ga yangi sovrinlarni yutishda yordam berish. Yangi mavsum boshlanishini kutishga sabrim chidamayapti”, — deydi Romelu Lukaku.

@GOALUZBEKISTAN24
9.9K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-08-12 19:23:21Tomas Tuxel “Chelsi” bilan Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida gʻalaba qozongan tarixdagi ilk murabbiy boʻldi

2012-yilda shunday imkoniyat Roberto di Matteoda boʻlgandi, biroq Superkubokda jamoa “Atletiko”ga yutqazib qoʻygan.

Tuxel londonliklar boshqaruviga kelganidan hali bir yil ham boʻlmadi.
18.6K views16:23
Ochish/sharhlash