Get Mystery Box with random crypto!

​Romelu Lukaku: “Chelsi”dan ketganimdan so‘ng, faoliyatimda ju | ⚽️ GOAL UZBEKISTAN 🇺🇿

Romelu Lukaku: “Chelsi”dan ketganimdan so‘ng, faoliyatimda juda ko‘p parvoz va qulashlar bo‘ldi. Biroq shular meni yanada kuchliroq qildi

“Mazkur ajoyib klubga qaytganimdan mamnunman. Uzoq yo‘lni bosib o‘tdim: avvaliga ko‘p narsani o‘rganishi kerak bo‘lgan yosh yigitcha sifatida bu yerga kelgandim. Hozir esa bu yerga tajribali futbolchi sifatida qaytdim.

Klub bilan aloqalarimiz men uchun ko‘p narsani anglatishini bilasiz. “Chelsi”ni yoshligimdan beri qo‘llab-quvvatlab kelaman. Endi klubga qaytish va unga yangi sovrinlarni yutishda yordam berish imkoniyatidan quvonch, baxt hislarini tuymoqdaman.

Klubning rivojlanishda ekanligi mening qarash va maqsadlarimga to‘g‘ri keladi. Axir men 28 yoshdaman va endigina Italiya chempionatini yutdim, xolos. Bu imkoniyat men uchun ideal vaqtda paydo bo‘ldi. Klub va meni birgalikdagi ulkan muvafaqqiyat kutyapti deb umid qilaman.

“Chelsi”ni tark etganimdan so‘ng, menda juda ko‘p parvoz va qulashlar bo‘ldi. Biroq shular sabab ham men yanada kuchli bo‘ldim. Vazifam — “Chelsi”ga yangi sovrinlarni yutishda yordam berish. Yangi mavsum boshlanishini kutishga sabrim chidamayapti”, — deydi Romelu Lukaku.

@GOALUZBEKISTAN24