Get Mystery Box with random crypto!

​Leo Messi: Maydondagi pozitsiyam? Bu endi Pochettinoning muam | ⚽️ GOAL UZBEKISTAN 🇺🇿

Leo Messi: Maydondagi pozitsiyam? Bu endi Pochettinoning muammosi

“Parijliklar bilan muzokaralar boshlangan vaqtda Maurisio menga qo‘ng‘iroq qildi. Men undan g‘oyalari haqida so‘radim va u aytib berdi.

U xursandligini va meni Parijda kutayotganligini ta’kidladi. Albatta, maydonda nimalar bo‘lishi haqida gaplashamiz. Ammo o‘sha kuni taktika haqida gaplashmadik.

Maydondagi pozitsiyam? Bilmayman, hozircha tasavvurga ham ega emasman.

Hozir shu yerdaman. Bu endi Pochettinoning muammosi. U yo‘lini topadi. Oxir-oqibat barchamiz moslashishga erishamiz”, — deydi Leo Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 10-avgust kuni “PSJ” bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

@GOALUZBEKISTAN24