Get Mystery Box with random crypto!

SEN MENGA KERAKSAN 5-QISM Sardor oyna orqali Yulduzn | ♡IZHORIM♡





SEN MENGA KERAKSAN

5-QISM

Sardor oyna orqali Yulduzni kuzatib o'tirardi. Qiz esa hech nima bilan ishi yo'q berilib ishlardi. Shu payt birdaniga Sardorni kuchli og'riq bezovta qila boshladi. Og'riq borgan sari kuchayib borardi. Sardor yana bukchayib qoldi. Amallab stoli yoniga borib dorini olib ichdi. Beixtiyor doktorning gaplarini esga oldi. Qancha tez operatsiyaga rozi bo'lsangiz o'zingizga shunchalik yaxshi bo'ladi. Qachongacha bunday og'riqlarga bardosh berib yurmoqchisiz...
Sardor xonasidagi divanga o'tirdi qizib ketganidan kostyumini yechdi huddi uni bo'g'ib qo'yayotgandek galstukini ham yechib tashladi. Shu ko'yi divanga suyangancha boshini orqaga tashlab hayol sura boshladi. Mana shu tender o'tsin albatta davolanam dedi u o'ziga o'zi. Og'riq biroz pasaya boshlagandi Sardorni uyqu elita boshladi va shu ko'yi uyquga ketdi.
Soat 2 ga yaqinlashib qolganida Yulduz loyihasini yakunladi. Ishini ko'rib o'zidan o'zi xursand bo'lib ketdi. O'tiraverib yelkalari qotib ketibdi o'rnidan turib mazza qilib kerishdi. Shu payt Sardorning xonasida telefon jiringladi. Yulduz hayron bo'ldi . Axir hech kim qolmagandiku. U asata eshikni ochib ichkariga kirdi.Borib telefonni o'chirdi. Budilnikga qo'yilgan ekan. Sardor divanga suyangancha uxlab yotardi. Yulduzni yuragi tez tez ura boshladi. O'pkasi to'lib ko'zlari yoshlandi.Sardorga yaqinlashib uning yuzlaridan asta siladi. Va yana o'zini qo'lga oldi. Yonidagi kostyumni olib uning ustiga yengilgina tashlab qo'ydi. Chuqur xo'rsinib endi ortga qarab ketmoqchi bo'lganda baquvvat qo'llar uni o'ziga tortdi.
-Aaaa, voy nima qilyapsiz.
-Jimmm. Iltimos hech narsa dema. Sardor past tovushda deyarli pichirlab gapirardi. U mayinlik bilan Yulduzning sochlarini siladi.
-Bu sochlar, bu ifor. Hali ham o'sha o'sha. Seni qanchalar sevishimni bilsayding. Yo'q bilmaysan. Sen hech narsani bilmaysan.
-Qo'yib yuborin meni.
- Yo'q... Xiyonatkor sevgilimni hozi qo'yib yuborgim kelmayapti.
-Nimmma ... Yulduz tutoqib ketib uning bag'ridan yulqinib chiqdi.
Men Xiyonatkormanmi. Mena? ! Siz haliyam o'sha ahmoqona g'ururingizga quloq solib yuraverin. Bir marta aqalli bir marta mendan ham so'radingizmi o'zimdan haqiqatni so'radingizmi?
-Men ko'rdim o'z ko'zlarim bilan ko'rdim . Sen bilan gaplashishimga hech qanday imkoniyat qoldirmaganding.
-Ha, o'sha do'stingiz tomonidan uyushtirilgan yolg'onga ishondinguz va meni 5 yilga unutdingiz. Bu vaqtda nimalarni boshdan kechirganimni o'zim bilaman. Endu mustaqil yashayman deganimda yana taqdir menga sizni ropara qildi. Nega axir meni ham baxtli bo'lishga haqqim bor ediku. Lekin siz o'sha baxtni mendan tortib oldingiz.
-T...tushunmadim qanaqa do'st qanaqa yolg'on .
Yulduz baralla yig'lab yubordi va hamma hammasini aytib berdi. 3yil avva Sardorni chuv tushirib ketgan Ilhomni kirdikorlarini barchasini yig'lab siqtab unga aytib berdi.
Sardor bularni eshitib shokka tushib qoldi.
-Nega menga aytmading?
-Siz meni eshitdingizmi?
Yulduz oynani yoniga borib turib oldi.
-B.b.bo'lishi mumkinmas nimalar qilib qo'ydim. Nimalar qildim . Sardor bu gaplarni eshitib jinni bo'layozgandi. U Yulduzning yoniga bordi . Asta o'ziga qaratdi .
-Meni kechirasanmi?
-....
-Men nodonni kechira olsanmi?
-...
-Kechir meni Yulduzim. Iltimos kechir.
Yulduz bir so'z demasdan ko'z yoshlariga g'arq bo'lib turaverdi.
Sardor uni avaylabgina bag'riga bosdi. Ko'z yoshlarini arti va...

https://t.me/Alamlarim_org