Get Mystery Box with random crypto!

SEN MENGA KERAKSAN 6-QISM Sen yana Hammasi avvalg | ♡IZHORIM♡






SEN MENGA KERAKSAN

6-QISM

Sen yana Hammasi avvalgidek bo'lishini hohlarmiding.
Sardor divanda yelkasiga bosh qoyib quchoqlab o'tirgan Yulduzning sochlaridan silab so'radi.
-Bilmasam endi avvalgideg bo'lmasa kerak. Chunki meni o'tgan besh yilimni hech qachon qaytarib berolmaysiz.
-Qaytaraman Yulduzim albatta qaytaraman.
Soat 4 larga yaqinlashib qolgandi ikkisi shu ko'yi uxlab qolishdi...

Bugun tender o'tkaziladigan kun. Shuning uchun ham ertalabdan yugur yugur ishlari boshlangan. Va shu qatorda Sardorning hodimlari ham ishga barvaqt yetib kelishdi.
Tashqarida shovqindan Sardor uyg'onib ketdi. Avvaliga hech narsaga tushunmadi yonida Yulduz malikalardek shirin uhlab yotibdi. Qo'llarini Sardorning bo'ynidan o'tkazib olgan. Sardor qo'l soatiga qaradi 8:30 .
Ehheee deb yubordi u kulib.
-Yulduz uyg'on go'zalim. Yulduzimmm uxlab qolibmiz uyg'on bo'lmasa hozir qo'lga tushamiz.
Qiz asta ko'zlarini ochib Sardorga qarab jilmaydi.
-Eyy hamma kelib bo'libdiku. Endi qanday tashqariga chiqamiz .obbo shu yetmay turgand. Bugun tender bo'lsa.
Shu payt tashqaridan Azizning ovozi eshitildi.
-Qiziq Bugun muhim kun Sardor Murodovich esa haliyam yo'q. Hozi men telefon qilib ko'raychi.
Shu onda Yulduz ham Sardor ham stol ustida turgan telefonga qaradi.
Sardor bir ammallab ulgurib telefonni jiringlashidan oldin ovozsiz rejimga o'tkazdi.
-O'ylasangchi hozir hayolimga hech narsa kelmayapti.
Yulduz uning ahvolini ko'rib qiqirlab kulardi.
-Hovliqmang bir yo'li topilib qolar...

Bu yoqda esa hodimlar tenderga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Mayli dedi Aziz hozir kelib qolsalar kerak ungacha hammamiz o'z ishimiz bilan shug'ullanamiz.
Hodimlar honasi suv quygandek jim jit bo'lib qolgandi. Bir payt Sardorning eshigini kaliti buraldi ovozni eshitgan hamma o'sha tomonga qaradi.
-Assalomalekum Sardor Muro...
-Sardor bu yerda nima qilyapsan.
Har tomondan yog'ilib kelayotgan savollardan u biroz gangib qoldi.
-H..h ..galigi biroz hujjatlar bilan ishlab shu yerda uhlab qolibman.
-Unda Yulduz qani kecha u ham qolgandi shekilli tomdan tarasha tushgandan so'radi Ziyoda. -M..men qayerdan bilaman. Birinchidan men uni qorovuli emasman ikkinchidan masuliyatsiz hodim haqida eshitishni ham hohlamayman.
Sardor eshigini qulfladi va ketdik tender boshlanishiga bir soat qoldi. Ungacha joylashib turamiz dedi.
-A haligi Sardor kalitingni berib tur xonangda hujjatlarim bor edi
-Yo'q.
-Iyee nega.
-Birozdan keyin o'zim olib beraman qani kettik dedim.
Aziz hayron bo'lgancha Sardorga ergashdi.
-Hudoga shukur bunisini amalladim endi uni xonadan olib chiqishim kerak.
Sardor hodimlarini joylashtirib yana xonasiga qaytib keldi.
-Bo'laqol hozir u bu kim ko'rib qoladi tezroq.
Yulduz tashqariga chiqdi. U jilmaygancha Sardorga qarab turadi. Sardor ham uni yoniga kulgancha kelayotganda Ziyoda kelib qoldi.
Yulduz uni ko'rmayotgandu endi Sardorga qo'llarini uzatmoqchi bo'lib turgandi.
-Soat nechi bo'ldi baqirib yubordi Sardor.
Shundagina Yulduz Ziyodani ko'rdi.
-Menga kechagi qiliqlaring ham yetadi bugingisi ortiqcha. Kecha mayli deb uyga ketishingga ruhsat bergandim lekin sen...
-Nima men bo'sh kelmadi Yulduz ham . Ruhsat bermang edi. Men so'radimmi sizdan.
Ziyoda qarasa janjal hali beri tugamaydi.
-Kechirasizlar hammani yigilishini so'rashyapti deb chiqb ketdi.
Ularning ikkisi ham kulgudan o'zlarini arang tiyib tender o'tkaziladigan joyga borishdi...

Tenderdan so'ng.
Sardorning bo'limida bayram boshlanib ketdi. Qiy chuv baqiriqlar tabriklar rahmatlar hullas hammasi a'lo darajada o'tgandi ular g'olib bo'lishgandi. Sardor ularga bergan vadasiga sodiq qolib barchani ikki kunlik dam olishga taklif qildi.
Va kechga g'alabani klubda nishonlashga kelishib oolishdi

https://t.me/Alamlarim_org