Get Mystery Box with random crypto!

SEN MENGA KERAKSAN 4- QISM Seminardegi voqeadan | ♡IZHORIM♡



SEN MENGA KERAKSAN

4- QISM

Seminardegi voqeadan so'ng Sardor ikki kun ishga kelmadi. Yulduzning butun o'y hayoli unda edi. Azizdan uning ahvolini qayta qayta so'radi. Ammo yaxshi degan javobdan boshqasini ololmadi. Shu darajada qayg'urganidan hatto loyihanida unutdi. Nihoyat Sardor ishga chiqdi. Huddi hech narsa bo'lmagandek hodimlari bilan salomlashdi biroz suhbatlashdi va bugun loyihalar taqdimotini qabul qilib olish kuni ekanlgini eslatib o'tdi.Birgina Yulduzdan tashqari hamma xursand bo'lib qarsak chalib yubordi. Bu holatdan Sardorning kayfiyati yanada ko'tarildi. Men bu bo'limni tanlab adawmagan ekanman deb xonasiga kirib ketdi. Yulduzni esa ichiga chiroq yoqsa yorishmasdi. Endi nima qilaman qanday qilib shunaqangi muhim narsani unutdim. Nima deb javob beraman endi unga..
Bir soatlardan so'ng Sardor hammani majlislar zaliga yiğib taqdimotni boshladi.Birinchi bolib Ziyoda o'z loyihasi bilan barchani tanishtirdi va uning loyihasi tasdiqlandi. Birin ketin barchasi loyihalarni taqdim etishdi oxiri navbat Yulduzga keldi. U asta o'rnidan turayotganida Sardor uzur so'rab gap boshladi. Ochigi bugun meni hayratda qoldirdila. Barakalla, har bir ishingiz tahsinga sazovor.Men judayam xursandman. Mamnuniyat bilan shuni sizlarga malum qilamanki agar tenderda g'olib bo'lsak ikki kunlik dam olishga taklif qilaman.Va bu ikki kunni barchamiz Piramidada o'tkazamiz.
O'tirganlarning barchasi qiyqirib qarsak chalib yuborishdi.
-Bo'ldi bu masalani to'xtatamiz. Endi esa Yulduzni eahitsak.O'ylaymanki u bizga kutilmagan loyihani taqdim etadi.
-Haligi taqdimot meni ...loyiham...ulgurmadim...
Hamma shu onda Yulduzga qaradi. Sardor chuqur uff tortdi.
-Yaxshi Yulduz judayam yaxshi. Men seni shu paytgacha o'zgargansan ishga nisbatan mas'uliyatli bo'lgansan deb o'ylagandim.Qattiq adawganga o'xshayman.Bilasanmi sen hozir hamkasblaringni mehnatini harakatini bir pul qildingYaxshilab-qara ular ham senga o'xshagan insonlar. Nega faqatgina sen bilan shunday muammolar yuz beraveradi.Bu ketishda yo sen yoki men ketishimga to'gri keladi. Kayfiyatimni ham o'ldirding.Men bu yerda kimlar uchun harakat qilib yuribman. Sen meni talabimni bajarmadingmi mendan ham yaxshilik kutma. Mana shu loyihani tugatmas ekansan kompaniyadan hir qadam ham chiqmaysan.Hech qanday savolga o'rin yo'q bunga men yoki boshqalar emas faqatgina o'zing aybdorsan. Sardor o'rnidan turib hammaga ruhsat taqdimot tugadi deb zalni tark etdi. Birin ketin hodimlar ham Yulduzga nishlarini sanchib olib chiqib ketishdi. Yulduz turgan joyida yiglab yubordi . To'g'rida bu safar hamma ayb unda edi. Ish bilan shaxsiy hayotni aralashtirib yubordi. Oqibatda hammani oldida yuzi shuvut bo'ldi. Mayli xato qildimi ebdi uni tuzatadi. Tongacha bolsa ham loyihani yakunlaydi. U shunday deb shaxdam qadamlar bilan ish joyiga ketdi. Hech kimga qaramay berilib ishlay boshladi. Ish vaqti tugab hodimlar birin ketin kompaniyani tark etishdi. Yulduz hamon ishlab o'tiribdi. Kompaniyada faqatgina qorovullar qoldi. Yuqori qavatda esa Yulduz ishlayapti. Sardor uni ko'rib qaysar dedida divanga o'tirdi. Bo'limda faqatgina ikkalasi qolgandi....


https://t.me/Alamlarim_org