Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzi tv koʻrmayman Undan keladigan 5% foyda boʻlsa, 95% zarar. | Gaplashamiz

Oʻzi tv koʻrmayman
Undan keladigan 5% foyda boʻlsa, 95% zarar. Bu haqda aytishim ham shart emas. Soqolga taqiq masalasiga esa kulgim keldi. Buyruqni bajarishga oʻrgangan, oʻzining shaxsiy qarori yoʻq undaylarga rahmim keldi.

Qashqirlar makoni serialini koʻraman. Shu serialni bitta qismidagi mano bizni tvdagi bir oydagi dasturlarda ham boʻlmasa kerak deb oʻylayman.
Hukmdor Usmon serialni topib oldim yaqinda. Bu serial ham bizni tvda qoʻyilayotgan contentlardan oʻlsa oʻligi ortiq.

Bazan tvga koʻzim tushib qolsa koʻrganim odamxor kelin boʻladi, yoki qimorni targʻib qilayotgan oʻyinlar(nomi har chiroyli qoʻyilib qogʻozga oʻralmasin baribir QIMOR!!!)
Yokida xoʻrlanganlar deb boshlanadigan va rostan ham xoʻrlab tashlangan seriallar, qaynota kelin, qaynona kelin mavzularini yemagan seriallari, yanayam yomonroqlari esa bolajon kanallaridagi faxsh sahnalari boʻlgan multfilmlar ehhe sanasam koʻp

Hoʻp tv yomon ekan unda nima koʻray nimadir qilishimiz kerakki deb fikrlaydigan odamlarga: Har qadamingiz, har soniyangiz uchun javob berasiz, vaqtingiz bekorchi narsalarga sarflaganingiz uchun ham, yaxshi kontentlar ham toʻlib yotibdi, kutubxonaga boring, onlayn kutubxonalar ham bor, Youtubeda ham zoʻr kanallar topiladi hullas qidirsangiz sifatli content albatta topiladi


Hohlaymizmi yoʻqmi har zamonda qimmatli boʻlgan axborot bugunga kelib yanayam qimmatlashyabdi.

Axborotni toʻgʻri filter qila olish, yaxshi va yomonga ajrata olishimiz kerak.

Siz tv koʻrasizmi. Nega va nima uchun?
Koʻrmasangiz nima uchun?