Get Mystery Box with random crypto!

𝐹𝐹𝐹

Telegram kanalining logotibi farosatdafiltrlanganfikrlar — 𝐹𝐹𝐹 𝐹
Telegram kanalining logotibi farosatdafiltrlanganfikrlar — 𝐹𝐹𝐹
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 305
Kanalning ta’rifi

𝑶'𝒛𝒊𝒏𝒊 𝒒𝒊𝒅𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒚𝒐'𝒍𝒈𝒂 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒊𝒏𝒔𝒐𝒏𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒔𝒂𝒇𝒂𝒓 𝒅𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒅𝒂 𝒂𝒏𝒈𝒍𝒂𝒈𝒂𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊...

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-08 00:02:06 #tungi_öylar
#özimga

Ba'zi holatlar meni ko'p ajablantiradi... o'zi endigina Muallim soniyni tugatib, alifni kaltakdan ajratadigan fahmga ega chiqqansan. Bitta-ikkita duo ham yodlading qaysidir telegram kanaldan. Ammo nafsing quturishi u qadarki, uning oldida eng kuchli dengiz to'foni ham haybatini yo'qotadi. Ba'zida o'zingni shayxdek his qilib qolasanmi-yey... shunda ongingda bir o'y chaqindek porlaydi, porlaydiyu, beixtiyor ularning haqiga duo qila boshlaysan. Ular deganim, sen tanigan, bilgan buyuklar. Shuncha amaliyu fazilati bilan zarracha tug'yonga ketmagan, g'ulu ko'chasining changini ham poyiga yetkazmagan, quturgan nafsining boshini iymon toshi bilan majag'lagan o'sha buyuklarning asl buyukligi sirini anglagan oning ularga bo'lgan muhabbating yanada jo'shib boraveradi. Alloh taolo barchamizni sirotal mustaqiymda bardavom qilsin. O'zidan adashtirmasin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
191 viewsedited  21:02
Ochish/sharhlash
2022-12-07 22:50:47 Aslida, muvaffaqiyatli kun Bamdodni emas, Xuftonni qazo qilmaslikdan boshlanadi...

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
159 views19:50
Ochish/sharhlash
2022-12-07 22:48:04 Hazrati Yusuf alayhissalom zindonga tushmaganida Yusufligi bilinmas edi...

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
154 views19:48
Ochish/sharhlash
2022-12-07 22:44:09 Bugun uyushmasdan o'tiraversak, ertaga o'rnimizdan turolmay qolamiz. Chunki bizdan oldin oyoqlarimiz uyushgan bo'ladi...

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
166 views19:44
Ochish/sharhlash
2022-12-07 18:58:06
Jilovlanmagan marketing:)
230 views15:58
Ochish/sharhlash
2022-12-07 16:30:02 #layfhaq

O'zingiz uchun navbat qator tanlayotganda, odamlar soniga emas, kassada hisoblanadigan maxsulotlar miqdoriga ahamiyat bering!)

Korzinkada navbatda turib yozilgan postlar turkumidan:)
185 viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2022-12-07 08:38:46
(((
183 views05:38
Ochish/sharhlash
2022-12-07 08:30:20 Bolalagimizdan sevib tomosha qiladigan, qish va undagi ajoyib sarguzashtlar haqida suratga olingan filmlarning aksari rivojlangan g'arb mamlakatlarida suratga olingan bo'ladi. O'sha filmlarda qish quvonchga to'la bir fasl, qor esa ezgulik ramzi sifatida gavdalantiriladi odatda. Aksarimizning qish haqidagi tasavvurlarimiz aynan o'sha filmlar asosida shakllangan bo'lsa ajab emas.

To'g'ri, qish o'zining oppoq qorlari bilan eng jozibakor fasldir. Ammo bu jozibasini to'liq his qilish uchun inson qalbida iliq bahor hukmronliq qilyotgan bo'lishi kerak, qish emas. Uyini isitishga imkon topolmayotgan, muzdek tunlarni chiroqsiz zulmatda o'tkazayotgan inson uchun oq qor yog'di nimayu, qizil qor yog'di nima, ko'ziga qor balodek ko'rinaveradi. Bunday isnon qishni quvonchli fasl sifatida emas, fojeali fasl sifatida qabul qilaveradi.

Yuqorida aytilganidek, biz ko'rib o'rgangan o'sha ajoyib filmlarning aksari rivojlangan g'arb mamlakatlarida suratga olingan va u yerlarning aholisi chiroq va gaz kabi masalalar qishda muammo bo'lishi mumkinligi haqida tasavvurga ham ega emasligi katta ehtimol. Balki shundan ular qishni ulkan zavq-u shavq bilan kutib olishar, balki shundandir aksar bayramlarni qish oylariga qo'yishar, bu oq va sovuq faslni imkon qadar ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishga urinishar...

Hurmatli mutasaddilar, mayli, qishni biz uchun bayram fasliga aylantirmang, faqat undan nafratlanishimizga sababchi bo'lmang, iltimos!..

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
185 viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-12-06 16:26:54 ОНА

Пайғамбаримиз саллоллоҳу алайҳи васалламчалик адолатли ва диёнатли инсон дунёда йўқдир. Зотан, ўз оналарини ҳеч қаерда васф қилмаган ҳолда, ОНАлар ҳақидаги энг яхши таърифларни айтган шу зот бўлади.
Жаннатни оналар оёғи остида эканини, отадан олдин онага лаббай дейиш лозимлигини уқтирган, онанинг биргина "уф" деган нолиши қарғишга айланиб кетиши мумкинлигини айтган ҳам охирги замон пайғамбаридир.
Бу ҳақиқий пайғамбарлик ва рисолатдир. Шахсий муносабатлари заррача кўринмаган ва оламлар Роббисининг эътирофини етказиш омонатига хиёнат қилмаган зотга салоту саломларимиз бўлсин!

###

Туғилмасимиздан олдиноқ биз ҳали келмаган дунёмизда биттагина одамни билардик. Қолганларни фақат туғилибгина танидик. Ҳатто отамизни ҳам...

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
164 views13:26
Ochish/sharhlash
2022-12-06 13:15:44 - Qaysi universitetda o'qiysiz?
- Toshkent
- Tushunmadim...
- Toshkent universitetida, bu shahar menga har qanday universitetdan yaxshiroq ta'lim bergan...

Savol: bu dialog qaysi filmdan?
195 viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash