Get Mystery Box with random crypto!

#tungi_öylar #özimga Ba'zi holatlar meni ko'p ajablantiradi.. | 𝐹𝐹𝐹

#tungi_öylar
#özimga

Ba'zi holatlar meni ko'p ajablantiradi... o'zi endigina Muallim soniyni tugatib, alifni kaltakdan ajratadigan fahmga ega chiqqansan. Bitta-ikkita duo ham yodlading qaysidir telegram kanaldan. Ammo nafsing quturishi u qadarki, uning oldida eng kuchli dengiz to'foni ham haybatini yo'qotadi. Ba'zida o'zingni shayxdek his qilib qolasanmi-yey... shunda ongingda bir o'y chaqindek porlaydi, porlaydiyu, beixtiyor ularning haqiga duo qila boshlaysan. Ular deganim, sen tanigan, bilgan buyuklar. Shuncha amaliyu fazilati bilan zarracha tug'yonga ketmagan, g'ulu ko'chasining changini ham poyiga yetkazmagan, quturgan nafsining boshini iymon toshi bilan majag'lagan o'sha buyuklarning asl buyukligi sirini anglagan oning ularga bo'lgan muhabbating yanada jo'shib boraveradi. Alloh taolo barchamizni sirotal mustaqiymda bardavom qilsin. O'zidan adashtirmasin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar