Get Mystery Box with random crypto!

Erkinova Munavvar

Telegram kanalining logotibi erkinovamunavvara — Erkinova Munavvar E
Telegram kanalining logotibi erkinovamunavvara — Erkinova Munavvar
Kanal manzili: @erkinovamunavvara
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 215

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-11 11:27:33
Rasmda dunyodagi eng qimmat shokolad aks etgan.

Wispa Gold
- dunyodagi eng qimmat shokolad hisoblanadi. Uning donasi 1628 $ dollar. Shokoladning qog'ozi oltindan ishlangan.



Bitta bòlganda yemasdan sotardim.
91 views08:27
Ochish/sharhlash
2023-01-09 19:04:29
Bugun AQSh Elchixonasiga bordim "global virtual school"ga qabul qilingandim.


Kirishni oʻzida uch marotaba tekshirishdi.Birinchi pasportimni olib roʻyxatda bor yoʻqligimni tekshirishdi,keyin ichkariga kirmasimdan sumkamni tekshirishdi,keyin blondy sochli ayol muloyimlik bilan paltoyimni yechib, choʻntakalarimni boʼshatishimni soʻradi.Boʻldi endi kiraman desam,daftaringizni oching deb ichidagi narsalarni oʻqib chiqishdiyam(kundaligimni oʻqishlarini yoqtirmayman). Hayriyatey tintuv ishlari tugadi desam sumkangiz va telefoningiz shu yerda qoladi deyishdi. Ex man sizlarga koʻplab rasmlar tashlamoqchi edim.

Mayli hozircha faqat darslardagi taassurotlar haqida yozib turaman.
88 views16:04
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:28:34
OXIRGI ISTAGI NAMOZ BOʻLGAN ADIB
Bugun tushimda Abdulla Qodiriyni koʻrdim.Menga kitob berayotgan ekanlar.Shu kunlarda ul zot haqida bir narsalar yozayapman,balki shuning uchun tushimga kirgandirlar.Qodiriyning koʻp asarlari,oʻzbekning ruhiyati,feʼl-atvori,odob-axloqi va qusurlaridan soʻzlaydi,tarixiy haqiqatlardan guvohlik beradi.Adibning oʻgʻli Xondamir Qodiriyning eslashicha;qisqa umri,uning ham yarmidan koʻpini jabru zulm iskanjasida oʻtkazgan Abdulla Qodiriyning qalb amri bilan bitgan asarlari xanuz sevib oʻqilayotganida ham bir hikmat mujassam.Zero,Qodiriy shaxs sifatida ham,adib sifatida ham doim asl insoniyligini namoyon etgan.Hatto otuv paytida ham hammani hayron qoldirib oxirgi istak oʻrnida suv berishlarini soʻraydi.Shu suvdan tahorat olib,ikki rakaat namoz oʻqib,endi otaver degan.Manbalarda yozilshichaQodiriy hukm ijrosi paytida qilt etmagan,kiprik ham qoqmagan.
Millatimizning ulugʻ ziyolisini qatl etgan qattol tuzum keyinchalik parchalanib ketdi,ammo adibning asarlari barhayot va zavol bilmasdir.
94 views06:28
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:24:09
Mastava.
Kecha ertalab buvim kelgandilar. Oyimga,kelin bu qiziz faqat kitob oʻqiyveradimi,osh-ovqat qilishni ham oʻrgansin,dedilar.Hullas oyim va buvim bozorga ketadigan boʻlishdi.Biz kelgunimizcha bir achchiqina mastava qilib qoʻygin deyishdi.Hayolim togʻdek uyulib yotgan darslarda,apil tapil ovqatni qilib,yana darsga oʻtirdim.Ular kelishgach,stol tuzab,ovqatni suzdim.Buvijonim,bay bay buncha shirin chiqgani hididan bilinyapti,boʻlar ekan-ku, dedilar.Bir qoshiqdan ichib hammaligi baravariga nega bu shirin?- deyishdi. Men maqtov eshityapman deb hursand boʻlib,qoʻli shirin odam qilganda shunga shirin dedim. Qarasam oyimning qovoqlari uyulgan, tuz solganmiding oʻzi?-dedilar jaxl bilan.
Ichib koʻrsam haqiqatdan ham shirin,shoshganimdan tuzning oʻrniga shakar solib yuboribman. Ayb menda emas dedim oʻzimni oqlab.Oyi shakar va tuz idishni bir xil olish kerakmas edi.

https://t.me/erkinovamunavvara
82 viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2023-01-07 19:40:00
Bugun "Arabic calligraphy" boʻyicha master klass boʻlib oʻtdi. Chiroyli maskanda samimiy jamoa aʼzolari bilan maʼnfaatli mashgʻulotda diydor koʻrishganimizdan minnatdorman.
105 views16:40
Ochish/sharhlash
2023-01-07 19:37:22
Yoshlikni sogʻinganlar uchun maxsus. Har yil takrorlanuvchi bir xil muhit,bir xil mavzu, zerikarli boʻlsada bolajonlar quvonchi xar narsadan afzal.
101 viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:25:58
Дўст изласанг - Аллоҳ етар.
Далил изласанг - Қуръон етар.
Ҳузур изласанг - Намоз етар.
Бойлик изласанг- Қаноат етар.
Душман изласанг - Нафсинг етар.
Азизлик изласанг - Ислом етар.
Насиҳат изласанг - Ўлим етар.

Ҳайрли жума муборак!

https://t.me/erkinovamunavvara
114 views06:25
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:25:37
Приглашаю всех желающих, которые давно хотели пробовать писать картины в технике “Arabic calligraphy” это отличная возможность узнать о технике курса и ознакомиться нужными материалами
Жду вас уже в эту субботу 7-января в 14:00 в студии ARTMOSPHERE.
Участвовать на открытом уроке совершенно бесплатно, только при регистрации)

Assalamu alaykum,aziz opa-singillarim
Sizlarni uzoq kutgan "Arab xattotligi" kursimdan ochiq darsimga taklif qilaman. Anchadan beri rasim chizishni xoxlagan,o’zini sanat yonalishida sinab ko’rmoxchi bolganlar uchun ajoyib imkoniyat

7-yanvar, shanba kuni soat 14:00 da ARTMOSPHEREstudiyasida kutaman.
Ochiq darsda qatnashish mutlaqo bepul, faqat ro'yxatdan o'tgandan keyin)
Faqat ayol-qizlarimiz roʻyhatdan oʻtish uchun @mariyella_26 murojaat qiling.
110 viewsedited  06:25
Ochish/sharhlash