Get Mystery Box with random crypto!

Mastava. Kecha ertalab buvim kelgandilar. Oyimga,kelin bu qizi | Erkinova Munavvar

Mastava.
Kecha ertalab buvim kelgandilar. Oyimga,kelin bu qiziz faqat kitob oʻqiyveradimi,osh-ovqat qilishni ham oʻrgansin,dedilar.Hullas oyim va buvim bozorga ketadigan boʻlishdi.Biz kelgunimizcha bir achchiqina mastava qilib qoʻygin deyishdi.Hayolim togʻdek uyulib yotgan darslarda,apil tapil ovqatni qilib,yana darsga oʻtirdim.Ular kelishgach,stol tuzab,ovqatni suzdim.Buvijonim,bay bay buncha shirin chiqgani hididan bilinyapti,boʻlar ekan-ku, dedilar.Bir qoshiqdan ichib hammaligi baravariga nega bu shirin?- deyishdi. Men maqtov eshityapman deb hursand boʻlib,qoʻli shirin odam qilganda shunga shirin dedim. Qarasam oyimning qovoqlari uyulgan, tuz solganmiding oʻzi?-dedilar jaxl bilan.
Ichib koʻrsam haqiqatdan ham shirin,shoshganimdan tuzning oʻrniga shakar solib yuboribman. Ayb menda emas dedim oʻzimni oqlab.Oyi shakar va tuz idishni bir xil olish kerakmas edi.

https://t.me/erkinovamunavvara