Get Mystery Box with random crypto!

OXIRGI ISTAGI NAMOZ BOʻLGAN ADIB Bugun tushimda Abdulla Qodiri | Erkinova Munavvar

OXIRGI ISTAGI NAMOZ BOʻLGAN ADIB
Bugun tushimda Abdulla Qodiriyni koʻrdim.Menga kitob berayotgan ekanlar.Shu kunlarda ul zot haqida bir narsalar yozayapman,balki shuning uchun tushimga kirgandirlar.Qodiriyning koʻp asarlari,oʻzbekning ruhiyati,feʼl-atvori,odob-axloqi va qusurlaridan soʻzlaydi,tarixiy haqiqatlardan guvohlik beradi.Adibning oʻgʻli Xondamir Qodiriyning eslashicha;qisqa umri,uning ham yarmidan koʻpini jabru zulm iskanjasida oʻtkazgan Abdulla Qodiriyning qalb amri bilan bitgan asarlari xanuz sevib oʻqilayotganida ham bir hikmat mujassam.Zero,Qodiriy shaxs sifatida ham,adib sifatida ham doim asl insoniyligini namoyon etgan.Hatto otuv paytida ham hammani hayron qoldirib oxirgi istak oʻrnida suv berishlarini soʻraydi.Shu suvdan tahorat olib,ikki rakaat namoz oʻqib,endi otaver degan.Manbalarda yozilshichaQodiriy hukm ijrosi paytida qilt etmagan,kiprik ham qoqmagan.
Millatimizning ulugʻ ziyolisini qatl etgan qattol tuzum keyinchalik parchalanib ketdi,ammo adibning asarlari barhayot va zavol bilmasdir.